Redmi K30 va K30 Pro arzonlashdi, chunki Redmi X10, Redmi X10 5G hamda Redmi X10 Pro 5G tayyor!

  •   DiMaX
  •  5677
  •  18.05.2020 10:51

Redmi K30 va K30 Pro arzonlashdi, chunki Redmi X10, Redmi X10 5G hamda Redmi X10 Pro 5G tayyor!

Xiaomi kompaniyasi arzonchi brendning o‘ninchi avlod fableti – Redmi Note 10 modelini tayyorlagani haqida yozgandik. Bundan tashqari, hali taqdim etilmagan Redmi 9 modeli kompaniya rasmiy saytiga, Redmi 10X ikkalasi yana Geekbench’ga ham chiqqan!

O‘QING: «Supersamarador» Redmi Note 10 5G allaqachon TENAA’da: «jonli» suratlari va xususiyatlari

Endi esa bulardan ham boshqa, nomlari «Redmi X» bilan boshlanuvchi smartfon modellari haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi! Mazkur turkumga uchta devays – Redmi X10, Redmi X10 5G hamda Redmi X10 Pro 5G kirishi aytilmoqda, lekin insayderlar ularning xususiyatlarini turlicha ko‘rsatishayotir.

Redmi X10 diagonaliga 6,53 dyuymlik Full HD+ displeyga, MediaTek Helio G70 protsessoriga, asosiy sensori 48 MPlik kvadrokameraga, 5020 mA/soatlik akkumulyatorga ega. Redmi uni 4 yoki 6 GBlik tezkor va 12 GBlik doimiy xotirali variantlarda, oq, ko‘k va yashil korpuslara sotuvga chiqaradi.

Redmi X10 5G boshqa chipsetga ega bo‘lishi aniq, ammo aynan qanday ekanligi noma’lum – katta ehtimol bilan bu MediaTek Dimensity 820 protsessoridir. Tezkor xotirasi 6/8, doimiysi esa 128/256 gigabaytlik bu smartfon moviy, binafsharang, tillarang va kumushrang korpuslarda taklif etiladi.

Redmi 10X Pro 5G esa undan sal yirikroq ekran va yaxshiroq kameraga ega bo‘lishi mumkin, uni 8/128 va 8/256 gigabaytlik konfiguratsiyalarda chiqarishadi.

O‘QING: Redmi yanada arzon 5G-smartfon tayyorladi, xususiyatlari bilan tanishamiz!

Yuqoridagi modellarning yaqin orada chiqishiga dalolat qiluvchi yangilik ham bor: Xiaomi Group China bosh direktori Lu Veybing (Lu Weibing) o‘z yurtida Redmi K30 modelining ham 4G, ham 5G versiyalari doimiy asosda arzonlashganini ma’lum qildi.

Beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llovchi Redmi K30 flagmanining 8/128 gigabaytlik varianti narxi 267 dollardan 239 dollargacha tushirilgan bo‘lsa, 8/256 gigabaytligini endi 309 dollar o‘rniga 281 dollarga olish mumkin.

Redmi K30 4G modelining boshlang‘ich konfiguratsiyadagi – 6/64 GB xotirali varianti 225 dollarga baholangan bo‘lib, yaqinda savdodan olib tashlangan edi. Endi esa uning 6/128 gigabaytligini xuddi shu narxda sotishyapti.

Bu ikkalasidan tashqari, Redmi K30 Pro flagmani ham avvalgidan past narxda sotila boshlagan, ammo bu vaqtinchalik chegirma yoki doimiy asosdagi arzonlashuv ekanligi noma’lum. Uning faqat 6/128 gigabaytligi narxi tushgan – Xitoyda hozir uni avvalgi 422 dollar o‘rniga 394 dollarga olish mumkin.

O‘QING: Xiaomi rahbari «o‘z kompaniyasiga xiyonat» bilan qo‘lga tushdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!