Redmi K30 yanada arzon versiyada ham chiqadi-yu, bittagina «lekin»i bor-da...

  •   DiMaX
  •  2033
  •  07.12.2019 10:46

Redmi K30 yanada arzon versiyada ham chiqadi-yu, bittagina «lekin»i bor-da...

Qualcomm kuni kecha taqdim etgan, o‘rta narxli 5G-smartfonlarga mo‘ljallangan Snapdragon 765G chipseti ilk bor 10 dekabrda namoyish qilinayotgan Redmi K30 smartfonida qo‘llanmoqda. Bu flagmanning yanada ilg‘or versiyasi – Redmi K30 Pro esa eng kuchli Snapdragon 865 protsessoriga tayanadi.

O‘QING: Snapdragon 865'da kutilgan yangilik!

Xiaomi vitse-prezidenti Redmi K30 smartfonining beshinchi avlod uyali aloqa standartini qo‘llab-quvvatlamaydigan – 4G-versiyasi ham chiqarilishini aytgan edi, endi esa shu modeli TENAA ma’lumotlar bazasida «qo‘lga tushdi».

Redmi K30 4G tezkor xotirasi 6/8/12 GB, ichki xotirasi esa 128/256 GBlik variantlarda taklif etiladi. Standart flagmandagi Snapdragon 765G chipseti o‘rniga uning 4G-versiyasida oldingi – Snapdragon 730G protsessori qo‘llanadi. Smartfonning 4500 mA/soatlik batareyasi 30 vattlik texnologiya asosida tezkor quvvatlana oladi. Daktiloskopik datchik korpusning o‘ng yoniga ko‘chirilgan.

O‘QING: Redmi K30 – ikkita jihatdan dunyoda birinchi smartfon! (+«jonli» surat)

TENAA saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, qurilma 6.67 dyuymlik IPS-displey bilan ta’minlangan. Uning tirqishida qo‘shaloq (20 Mp + 10 Mp) selfi-kamera joylashgan. Redmi K30 4G bosh kamerasi esa to‘rtta sensordan iborat bo‘lib, ulardan asosiysi – 64 megapiksellik Sony IMX686 datchigidir.

Redmi K30 4G ham 10 dekabrdagi marosimda namoyish etiladi va albatta flagmanning 5G-versiyasidan arzon narxlanadi. O‘shanda yana Redmi brendining ilk smart-kolonkasi hamda routeri ko‘rsatilishi, shuningdek, Mi Mix 4 hamda Pocophone F2 flagmanlarining ham namoyish qilinishi kutilmoqda. Xiaomi’ning xavfli radiatsiya nurlarini tarqatmaydigan ayrim telefonlarini esa 810 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz’dan sotib olish mumkin.

O‘QING: Yana bir ommabop Redmi smartfoniga barqaror global MIUI 11 kela boshladi