Redmi K30’larning navbatdagi yutug‘i sharafiga narxi 200 dollardan pasaytirildi

  •   DiMaX
  •  4535
  •  08.07.2020 12:53

Redmi K30’larning navbatdagi yutug‘i sharafiga narxi 200 dollardan pasaytirildi

Xiaomi kompaniyasi Redmi K30 turkumida bir nechta smartfonlarni taqdim etgan. Ulardan Redmi K30 Pro modeli iyun oyida eng kuchli telefonlar global reytingida kuchli uchlikka ham kirdi.

O‘QING: Redmi K30 Pro olgan yaxshimi yoki Xiaomi Mi 10 Pro? «Jonli» videoda taqqoslaymiz!

Korporatsiyaning bugun – 8 ilyulda e’lon qilishicha, Xitoyning o‘zida sotilgan ushbu turkum vakillarining umumiy miqdori uch million donadan oshgan! Agar boshqa hududlarda sotilgan Redmi K30 smartfonlarini ham qo‘shganda, bu ko‘rsatkich yanada yuqori bo‘lishi aniq.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyda mazkur turkumda Redmi K30, Redmi K30 Pro, Redmi K30i, Redmi K30 4G, Redmi K30 Pro Zoom Edition hamda Redmi K30 5G Extreme Edition modellari sotuvga chiqqan. Uch milliontalik marra esa ularning umumiy sotilish ko‘rsatkichiga tegishli.

O‘QING: 4 iyulgacha barqaror MIUI 12’ga yangilangan va tez orada yangilanadigan barcha Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari ro‘yxati

«Xitoycha Apple» shu munosabat bilan ichki bozorda Redmi K30 4G modelining narxini pasaytirganini ham e’lon qildi. Mazkur bestsellerning 6/128 gigabaytlik tezkor/ichki xotiraga ega variantini Xitoyda endi atigi 199 dollarga olish mumkin. Uning 8/128 gigabaytligi narxi ham 227 dollargacha tushirilgan. Aytish kerakki, savdoga yangi chiqqanida ular tegishlicha 241 va 270 dollarga baholangan edi.

Aytish kerakki, Redmi K30 4G modeli beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlamaydigan Snaprdagon 730G protsessori bazasida ishlaydi. Redmi K30 5G modelining bosh kamerasida uchinchi datchik 5 megapiksellik bo‘lsa, bunisida 2 megapiksellik. Shuningdek, 4G-smartfonda 30 emas, balki 27 vattlik tezkor quvvatlash texnologiyasi mavjud.

Darvoqe, Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: Xiaomi naq 50 karra zumli hamyonbop kamerofonini yana 42 dollarga arzonlashtirdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!