Redmi K30’ning chirangani AnTuTu testigacha ekan! (+«jonli» suratlar)

  •   DiMaX
  •  1408
  •  09.12.2019 09:38

Redmi K30’ning chirangani AnTuTu testigacha ekan! (+«jonli» suratlar)

Redmi K30’ning chirangani AnTuTu testigacha ekan! (+«jonli» suratlar)

Xiaomi korporatsiyasi ertaga – 10 dekabrda o‘zining rosa maqtalgan Redmi K30 smartfonini namoyish etadi. Biroq uning ishlash samaradorligi kutayotganlarning hafsalasini pir qiladigan darajada ekan.

O‘QING: Redmi K30 yanada arzon versiyada ham chiqadi-yu, bittagina «lekin»i bor-da...

Taniqli informator Mukul Sharma (Mukul Sharma) o‘zining Twitter-akkaunti orqali Redmi K30 haqida ikkita muhim ma’lumotni e’lon qildi. Avvalo, mazkur flagmanning orqa paneli har to‘rt chekkasi ham qayrilgan toblangan shisha bilan qoplanishini Xiaomi tasdiqlagan.

Qolaversa, ommabop AnTuTu servisida Redmi K30 samaradorligi tekshirib ko‘rilgan va juda past ball olgan:

Redmi K30 mazkur benchmarkda atigi 300 ming balldan sal oshiqroq natija ko‘rsatgan. Flagmanlar 500 ming balldan oshiq ko‘rsatkichlar namoyon etayotgan bugungi kunda bu – juda past baho...

Ammo ushbu natijani oqlash mumkin: Redmi K30 eng kuchli Snapdragon 865 protsessoriga emas, balki o‘rta narxli 5G-smartfonlarga mo‘ljallangan Snapdragon 765G chipsetiga asoslangan. Bundan tashqari...

O‘QING: Redmi K30 – hali eng zo‘ri emas: uning Pro-versiyasi Snapdragon 865 bilan chiqadi!

Kuzatib kelayotgan bo‘lsangiz kerak – biz ishlayotgan holdagi Redmi K30 flagmanining texnik xususiyatlari aks etgan ekrani hamda orqa panelining «jonli» suratlarini e’lon qilganmiz. Shuningdek, kuni kecha uning foydalanuvchi qo‘lidagi «jonli» videosini ham chiqarganmiz.

Endi esa internet kengliklarida Redmi K30 smartfoni va uning qadog‘i ko‘rsatilgan yana bir nechta rasmi tarqaldi:

Redmi K30 flagmani ertaga – 10 dekabrda taqdim etiladi va Xiaomi shu munosabat bilan naq beshta devaysini rasman arzonlashtirgan. Bu marosimda yana Redmi brendining yangi noutbuki, ilk smart-kolonkasi hamda routeri ko‘rsatilishi, shuningdek, Mi Mix 4 hamda Pocophone F2 flagmanlarining ham namoyish qilinishi kutilmoqda. Xiaomi’ning xavfli radiatsiya nurlarini tarqatmaydigan ayrim telefonlarini esa 810 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz’dan sotib olish mumkin.

O‘QING: Eng tezkor sakkizta yangi smartfon (Master Lu reytingi, 2019 yil dekabr)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!