Redmi K30’ning taqdimotda aytilmagan siri fosh bo‘ldi! (+«jonli» video)

  •   DiMaX
  •  2284
  •  13.12.2019 11:08

Redmi K30’ning taqdimotda aytilmagan siri fosh bo‘ldi! (+«jonli» video)

Xiaomi korporatsiyasining arzonchi subbrendi 10 dekabr kuni Redmi K30 rusumli 5G-flagman hamda uning 4G-versiyasini taqdim etgan edi. Xitoyda kecha – 12 dekabrdan Redmi K30 4G sotila boshladi, flagmanning 5G-versiyasi esa yanvardan bozorga chiqadi.

O‘QING: «JONLI» VIDEO: Redmi K30’ni ilk bor qadog‘idan olib ishlatib ko‘ramiz!

Kompaniya dastlab bu smartfonning qo‘shaloq old kamerasi ekranning faol hududidagi tirqishga o‘rnatilishini aytgan edi. Redmi K30’ning ilk rasmiy tizerida esa, xuddi Samsung Galaxy S10+ flagmanidagi kabi, selfi-kamera uchun displeyda ochilgan oval tuynukni ko‘ramiz.

Ammo kecha Redmi K30’ning ilk baxtli foydalanuvchilari uning sozlamalarini kavlashtirib, qiziq holatga duch kelishdi. Ekranning yuqori qismi qanday aks ettirilishi bo‘limida kamerani yashirish imkoni ham bor ekan.

Lekin eng kutilmagani – uchinchi variant bo‘lib chiqdi: unda ekranning oval shakldagi tirqishi g‘oyib bo‘ladi! Ma’lum bo‘lishicha, displeyda qo‘shaloq kamera uchun bitta oval tuynuk emas, balki uning har bitta datchigi uchun alohida – ikkita tirqish ochilgan ekan!

O‘QING: Redmi K30’ning chirangani AnTuTu testigacha ekan! (+«jonli» suratlar)

Mana, Redmi K30 old kamerasining modullari alohida tirqishlarga joylanganini «jonli» videoda o‘zingiz ko‘ring-da:

Buni yomon deb ham bo‘lmaydi, balki aksincha: foydalanuvchi old kameraning qanday ko‘rinishda bo‘lishini o‘ziga yoqqan usulda tanlashi mumkin.

O‘QING: Samsung kompaniyasi 108 MPlik kamera borasida Xiaomi’ni boplagan ekan!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!