Redmi K40 birinchi «jonli» rasmlarda: avvalgilarga o‘xshamas!

  •   DiMaX
  •  1340
  •  15.12.2020 10:34

Redmi K40 birinchi «jonli» rasmlarda: avvalgilarga o‘xshamas!

Biz yaqinda Xiaomi Mi 11 flagmanining birinchi real olingan suratlarini e’lon qilgan edik. Shundan keyinroq uning yanada ilg‘or versiyasi – Xiaomi Mi 11 Pro modelining ham ilk «jonli» rasmi chiqqan. Bulardan tashqari...

O‘QING: Xiaomi Mi 11 smartfoni qachon taqdim qilinishi ma’lum bo‘ldi

1 dekabr kuni Qualcomm kompaniyasi kutilayotganidek Snapdragon 875 emas, balki Snapdragon 888 5G deb nomlangan flagman chipsetini taqdim etgan edi. Lu Veybing (Lu Weibing) esa, uning bazasidagi ilk smartfonlardan birini Redmi brendi namoyish etishini aytgan.

Endi esa kompaniyaning navbatdagi ushbu flagmani – Xiaomi Redmi K40 smartfonining ham haqiqiy rasmlari tarqaldi. Uning old kamerasi oldingi «ajdod»laridagi kabi korpusdan chiquvchi mexanizmga emas, balki ekran tirqishiga o‘rnatilgan.

Lekin Redmi K40 modelining bosh kamerasi dizayni juda o‘zgacha ishlab chiqilgani e’tiborli. Kvadrokamera blogida asosiy datchik alohida ta’kidlab ko‘rsatilgan, ikkitasi yonma-yon va yana biri pastda joylashgan.

Ushbu flagman rasmda ko‘rsatilganidek tekis (chetlari qayrilmagan) LCD-ekran hamda 4500 mA/soatlik akkumulyatorga ega bo‘lishini aytishmoqda. Redmi K40 shu oyning oxirida yoki yanvarning boshida namoyish etilishi kerak.

O‘QING: Barcha Redmi K40 smartfonlari mana shu ikki umumiy jihatga ega bo‘ladi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!