Redmi K40 chiqishi arafasida kompaniyaning to‘rtta bestselleri arzonlashdi

  •   DiMaX
  •  1065
  •  20.01.2021 10:09

Redmi K40 chiqishi arafasida kompaniyaning to‘rtta bestselleri arzonlashdi

Xiaomining arzonchi brendi Redmi K40 flagmanini tayyorlagan, kompaniya rahbari uni ishlatib ham yuribdi. Mazkur modellar turkumining taqdimoti oldidan ishlab chiqaruvchi oldingi bir nechta smartfonini o‘z yurtida arzonlashtirdi.

O‘QING: Ushbu 28 xil Xiaomi va Redmi smartfonlariga ommaviy MIUI 12.5 beta-talqini chiqdi

Redmi kompaniyasining e’lon qilishicha, Redmi K30 4G modelining narxini rekord darajada pasaytirgan. Xitoyda endi uning 8/128 gigabaytlik variantini atigi 1399 yuan, ya’ni 215 AQSh dollariga olish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyda mazkur turkumda Redmi K30, Redmi K30 Pro, Redmi K30i, Redmi K30 4G, Redmi K30 Pro Zoom Edition, Redmi K30 5G Extreme Edition hamda Redmi K30 Extreme Commemorative Edition (global versiyada – Redmi K30 Ultra) modellari sotuvga chiqqan.

O‘QING: Redmi K30 Pro olgan yaxshimi yoki Xiaomi Mi 10 Pro? «Jonli» videoda taqqoslaymiz!

Xiaomi korporatsiyasining subbrendi yana boshqa bestseller smartfonlarini ham bugundan boshlab arzonlashtirgan. Bular – Redmi 9, Redmi 10X hamda Redmi Note 9 modellaridir.

Eslatib o‘tamiz, Redmi 10X flagmani AnTuTu benchmarkining 2020 yil dekabr oyiga ko‘ra o‘rta narxli eng zo‘r o‘nta smartfon reytingida g‘olib bo‘lgan. Ushbu servisning beshta narx toifasida eng qudratli Android-smartfonlar reytinglaridan uchtasida birinchi o‘rinlarni shu brend vakillari egallagan. Bundan tashqari...

O‘QING: TOP-10: Eng ravon ishlovchi smartfonlar (Master Lu reytingi, 2020 yil)