Redmi K40 flagmanlari nafaqat Mi 11, kerak bo‘lsa Galaxy S21 Ultra bilan bellasha oladi!

  •   DiMaX
  •  1824
  •  01.02.2021 12:02

Redmi K40 flagmanlari nafaqat Mi 11, kerak bo‘lsa Galaxy S21 Ultra bilan bellasha oladi!

Xiaomi korporatsiyasi arzonchi brendi tayyorlagan Redmi K40 flagmanining ikkita rekordchi jihati haqida avvalroq yozgan edik. Ushbu modelning taqdimoti hali bo‘lib o‘tmagan esa-da, Redmi brendi rahbari allaqachon uni ishlatib ham yuribdi – smartfon 10,5 soat ishlaganida ham akkumulyatorida 64% qolgan quvvat ekan.

O‘QING: Redmi K40 chiqishi arafasida kompaniyaning to‘rtta bestselleri arzonlashdi

Xitoydagi manbaning mahalliy insayder ma’lumotiga tayanib xabar berishicha, Redmi K40 flagmanlariga Samsung Display kompaniyasining so‘nggi avlod – E4 toifasidagi OLED-displey o‘rnatiladi. Xo‘sh, uning o‘ziga xosliklari nimada?

Bunday ekranlarda yangicha organik materiallar qo‘llanadi va ular rang uzatilishini anchagina yaxshilaydi. Bunday panellar kam quvvat sarflagan holda yanada yorqinroq nur tarata oladi.

Misol uchun, janubiy koreyaliklarning eng zo‘r smartfoni – Galaxy S21 Ultra modelida E4 toifali shunday displey oldingi avlod – E3 paneliga nisbatan 16 foizga tejamkorroq chiqqan. Energiya tejashi bilan birga, tasvir sifati saqlanadi: Xiaomi Mi 11 flagmani eng yuksak – DisplayMate A+ reytingiga ega.

Yuqoridagilardan kelib chiqadigan bo‘lsak, Redmi K40 va K40 Pro smartfonlari ham Samsung hamda Xiaomi kompaniyalarining eng so‘nggi flagmanlaridagi kabi sifatli displeyga ega. Faqat Redmi K40 modelining displeyi ulardagi kabi chetlari qayrilma emas, balki tep-tekis bo‘ladi.

O‘QING: TeraTavsif: Samsung Galaxy S21 Ultra 5G (1-qism)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.