Redmi K40 Gaming Edition smartfoni bir daqiqada 100,000 dona sotildi

Redmi K40 Gaming Edition smartfoni bir daqiqada 100,000 dona sotildi

Xiaomi'ning sub-brendi Redmi o‘zining K40 Gaming Edition smartfonini kuni kecha taqdim qilgandi. Smartfon Dimensity 1200 chipseti, UFS 3.1 tipidagi xotira, LPDDR5 RAMi, 67 vattda tezkor quvvatlanish imkoniyati hamda sovutish va issiqlikni taqsimlash uchun bir necha yechimlarga ega.

Yuqoridagi texnik jihatlarga ega bo‘lgan smartfonning Xitoydagi ilk sotuvlari qoyilmaqom bo‘ldi. Kompaniyaning ma’lum qilishicha, atigi bir daqiqa ichida 100 ming dona Redmi K40 Gaming Edition smartfoni sotilgan.

Bu raqamlar tarkibiga beshta turli xotira kombinatsiyasidagi modellar va maxsus Brus Li talqini sotuvlari natijalari kiritilgan. Smartfon narxi 310 dollardan 420 dollargacha.

O‘QING: TeraTavsif: Xiaomi Mi 11 Ultra (1-qism)