Redmi K40 Gaming Edition yangi versiyada chiqdi – 30 dollarga qimmat!

  •   DiMaX
  •  2894
  •  27.07.2021 14:06

Redmi K40 Gaming Edition yangi versiyada chiqdi – 30 dollarga qimmat!

Xiaomi kompaniyasi shu yilning 27 aprelida Redmi brendining geymerlarga mo‘ljallangan ilk smartfoni – Redmi K40 Gaming Edition modelini taqdim qilgan edi. Kuni kecha esa korporatsiyaning Poco subbrendi uning kloni – Poco F3 GT telefonini ham chiqargan.

O‘QING: Kuchli texnik jihatlarga ega, narxi 200 dollarga ham bormaydigan Redmi smartfoni taqdim etildi

Endi esa kompaniya Redmi K40 Gaming Edition modelining yangicha talqinini taqdim etdi. Oxirgi kunlarda tarqalgan mish-mishlarda uning Dimensity 1200 protsessoridan Snapdragon 870 chipsetiga o‘tkazilishi aytilayotgan edi. biroq amalda unday bo‘lib chiqmadi: smartfonning Redmi K40 Gaming Edition Inverse Scale deb nomlangan talqini faqat korpusining yangicha rangi bilan originalidan farqlanadi, xolos.

Redmi K40 Gaming Edition Inverse Scale tezkor/doimiy xotira hajmiga ko‘ra faqat bir xil – 12/256 gigabaytlik konfiguratsiyada taqdim etilgan. Ushbu maxsus versiyali telefon 29 iyuldan faqat Xitoyda, 417 AQSh dollariga teng narxda sotiladi. Bu esa boshqa ranglardagi Redmi K40 Gaming Edition modelining xuddi shunday xotirali variantidan 30 dollarga qimmat.

O‘QING: MIUI 13'ga o‘tadigan Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari ro‘yxati e’lon qilindi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!