Redmi K40 ham allaqachon internetda «ko‘rina» boshladi

  •   DiMaX
  •  1256
  •  24.06.2020 10:16

Redmi K40 ham allaqachon internetda «ko‘rina» boshladi

Xiaomi yaqinda o‘zining M2006J10C model raqamli yangi smartfonini Xitoyning 3C regulyatorida sertifikatsiyadan o‘tkazdi. Manbalarga ko‘ra, bu – Redmi brendiga mansub «Killer» turkumining navbatdagi vakili – Redmi K40 bo‘ladi.

O‘QING: Redmi K40’ning ilk surati, xususiyatlari, narxi va taqdimot kuni!

Regulyatorning tasdiqlashicha, ushbu qurilma 33 vattlik quvvatlagich bilan birga yetkazib beriladi. Bundan tashqari, Redmi K40 modeli endi Xitoyning Radioaloqani muvofiqlashtirish davlat qo‘mitasi (SRRC) sertifikatini ham oldi. Bu esa smartfonning tayyor bo‘lganinini anglatadi.

Mish-mishlarga qaraganda, Redmi K40 smartfoni MediaTek kompaniyasining flagman protsessori – Dimensity 1000+ bazasiga qurilmoqda. Redmi K30 modelining ekrani kadr yangilanish chastotasi 120 gers bo‘lsa, uning davomchisida mazkur ko‘rsatkich 144 gersga yetishini aytishmoqda.

O‘QING: Global proshivka, Global versiya va Xitoy versiya. Bularning farqi nimada?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!