Redmi K40 hamda K40 Pro ilk rasmiy «jonli» suratlarda: kutilganidan umuman boshqacha!

  •   DiMaX
  •  1717
  •  10.02.2021 13:44

Redmi K40 hamda K40 Pro ilk rasmiy «jonli» suratlarda: kutilganidan umuman boshqacha!

Xiaomi kompaniyasi kuni kecha Redmi K40 turkumidagi smartfonlarning namoyish kunini e’lon qilgan. Flagmanlar turkumiga standart modeldan tashqari yana Redmi K40 Pro ham kiradi.

O‘QING: Xiaomi yana inqilobiy smartfon yaratdi: umuman port va tugmachasiz, to‘rt tomoni «sharshara» displey... («jonli» video)

TENAA regulyatori ma’lumotlar bazasida Redmi K40 va Redmi K40 Pro smartfonlarining birinchi «jonli» rasmlari paydo bo‘ldi. M2012K11AC model raqami ostida chiqayotgan Redmi K40 old kamera uchun tirqishli tekis displeyga ega.

Smartfonning bosh kamera blogi xuddi Xiaomi Mi 11 flagmanidagisi dizaynida, lekin sal cho‘zilganroq. Unda ikkita katta va ikkita kichkina datchik, ulardan o‘ng tomonda esa lazerli fokusirovka moduli hamda LED-chaqmoq joylashgan.

O‘QING: Redmi K40 flagmanlari nafaqat Mi 11, kerak bo‘lsa Galaxy S21 Ultra bilan bellasha oladi!

Redmi K40 Pro modeli boshqa rangda ko‘rsatilgan, lekin tashqi ko‘rinishi jihatidan u ham standart flagmandan farq qilmaydi:

Smartfonlarni o‘chirib-yoqish hamda ovozini ko‘tarish/pastlatish tugmachalari korpusning o‘ng tomonida joylashgan. Korpusning chap qirrasida esa hech nima yo‘q – SIM-karta uyachasi pastki qirrada, USB-C porti yonida bo‘lsa kerak.

O‘QING: 2021 yil boshida o‘z narxiga ko‘ra eng zo‘r smartfonlar (AnTuTu’ning beshta reytingi)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.