Redmi K40 hamda K40 Pro sotuvga chiqdi: narxlari, «jonli» surat va yangi jihatlari

  •   DiMaX
  •  13667
  •  22.02.2021 14:44

Redmi K40 hamda K40 Pro sotuvga chiqdi: narxlari, «jonli» surat va yangi jihatlari

Yaqindagina biz Redmi K40 hamda Redmi K40 Pro smartfonlarining birinchi «jonli» suratlarini e’lon qilgan edik. Insayderlar esa ulardan har birining asosiy texnik xususiyatlarini aks ettiruvchi skrinshotlarni ham tarqatishgan.

O‘QING: 4 mart kuni Xiaomi'ning sizga tayyorlagan yana bir sovg‘asi bor!

Xiaomi kompaniyasining arzonchi brendi ushbu flagmanlarini 25 fevralda taqdim etishini rasman aytgan. Insayderlar esa ularning Xitoydagi narxlarini ham e’lon qilishdi:

Demak, tezkor/ichki xotirasi tegishlicha 8/128 gigabaytlik bo‘lgan Redmi K40 Pro narxi 3199 yuanga teng bo‘lib, bu taxminan 493 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi. Redmi K40 modelining 6/128 gigabaytligi uchun esa 2199 yuan (taxminan 339 dollar) so‘rashadi.

O‘QING: 5000 mAs batareyali va suvdan himoyali smartfon – atigi 100 dollardan!

Eslatib o‘tamiz, bular rasmiy narxlar emas, ammo haqiqatga ancha yaqin. Redmi brendi bu ma’lumotni tasdiqlamagan, biroq Redmi K40 turkumining orqa panelini aks ettiruvchi tizerni e’lon qilgan (yuqorida – sarlavha ostidagi surat). Quyida esa o‘sha rasmdan faqat smartfon ko‘rinib turgan qismiga batafsilroq nazar solish mumkin:

Ko‘rib turganingizdek, Redmi K40 va K40 Pro modellarida korpusning orqa qopqog‘i diagonaliga qiyshiq chiziqlar bilan qoplangan va bu holat dizaynga o‘ziga xoslik baxsh etgan.

O‘QING: To‘rt xil Redmi Note 10 hamyonbop kamerofoni taqdimot kuni bilan do‘konga chiqdi!

Lekin quyidagi «jonli» suratda Redmi K40 Pro aks etgan, deyishyapti va uning orqa paneli sip-silliq:

Shu bilan birga, kompaniya Redmi K40 smartfonlarining akkumulyator tok sig‘imini ham rasman e’lon qildi. Afsuski, arzonchi brend flagmanlarining batareyasi 4520 mA/soatlik ekan – bu hattoki Xiaomi Mi 11 modelinikidan ham past.

Xitoyda hozir Redmi K40 hamda K40 Pro uchun rasman oldindan buyurtma ochilgan, ammo ularning narxlari e’lon qilinmagan. Istovchilar allaqachon kompaniyaning rasmiy Xiaomi Mall onlayn do‘konida yoki eng yirik mahalliy internet-do‘kon – JD.com savdo maydonchasida ko‘r-ko‘rona (narxi va xususiyatlarini ham bilmasdan) buyurtma berib qo‘yishyapti. Ularning soni chorak milliondan oshib ketgan bo‘lib, smartfonlarning birinchi partiyasi barchasiga yetmay qolishi ham mumkin.

O‘QING: Redmi K40 flagmanlari nafaqat Mi 11, kerak bo‘lsa Galaxy S21 Ultra bilan bellasha oladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!