Redmi K40 qaysi jihati bilan Xiaomi Mi 11’dan ham ilgarilab ketyapti?

  •   DiMaX
  •  5031
  •  07.10.2020 10:55

Redmi K40 qaysi jihati bilan Xiaomi Mi 11’dan ham ilgarilab ketyapti?

Qualcomm kompaniyasi kecha – 6 oktyabr kuni navbatdagi flagman protsessori, ya’ni Snapdragon 875 chipsetining rasmiy taqdimot kunini rasman aytdi. Mazkur chipset bazasidagi birinchi smartfonlarni esa, an’anaga ko‘ra, Xiaomi hamda Samsung kompaniyalari chiqaradi.

O‘QING: Xiaomi hali chiqmagan Snapdragon 875 bazasida allaqachon Mi 11 hamda Redmi K40 smartfonlarini tayyorlayapti!

«Xitoycha Apple» o‘zining navbatdagi flagmani – Xiaomi Mi 11 modelida ushbu yangi protsessorni qo‘llashi – turgan gap, lekin bu gal korporatsiyaning Redmi brendi undan ilgarilab ketishi mumkin. Xiaomi Group China prezidenti hamda Redmi bosh direktori Lu Veybing (Lu Weibong) kecha shunga ishora qildi. Aniqrog‘i – arzonchi brend rahbari Qualcomm taklifnomasini o‘zining Weibo-akkauntida e’lon qildi va uning anonsini sabrsizlik bilan kutayotganini yozdi.

Aytish kerakki, Xiaomi an’anasiga ko‘ra, Mi 11 flagmani hali kelasi yilning boshidagina taqdim etiladi. Ungacha – bu yilning dekabridayoq mazkur korporatsiyaning subbrendi o‘zining Redmi K40 modelini namoyish qiladi.

Shu tariqa, kompaniyaning asosiy flagmanidan oldin uning arzonchi brendiga mansub Redmi K40 modeli eng ilg‘or Android-protsessorga ega bo‘ladi. Kim biladi, balki u hali boshqa kompaniyalarning flagmanlaridan ham oldin chiqib, dunyodagi Snapdragon 875 chipli ilk smartfon bo‘lar.

Darvoqe, Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: Bizni aldashibdi: MIUI 13’ga yangilanuvchi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarining katta ro‘yxati