Redmi K40 taqdimotini rasman e’lon qilgan Xiaomi uning narxi bilan qo‘rqityapti

  •   DiMaX
  •  3005
  •  12.01.2021 17:49

Redmi K40 taqdimotini rasman e’lon qilgan Xiaomi uning narxi bilan qo‘rqityapti

Avvalroq biz Redmi K40 smartfonining ilk «jonli» rasmlarini e’lon qilgan edik. Xiaomi kompaniyasining arzonchi brendi ushbu turkumning faqat Redmi K40 Pro versiyasidagina Snapdragon 888 chipsetini qo‘llashi ham aytilgan.

O‘QING: Xiaomi’ni endi to‘xtatib bo‘lmaydi: uzoq kutilgan Mi Mix 4 hamda Mi Note 11, yana MIUI 13 ham rasmiy saytda «qo‘lga tushdi»!

Xiaomi Group China prezidenti va Redmi brendi direktori Lu Veybing (Lu Weibong) kuni kecha Weibo ijtimoiy tarmog‘ida yangi avlod flagmanlari haqidagi birinchi tizerni e’lon qildi. Unga ko‘ra, nafaqat Pro-versiyadagi, balki oddiy Redmi K40 modeli ham Qualcomm kompaniyasining eng kuchli chipseti bilan ta’minlangan bo‘lib, ular fevral oyida taqdim etiladi.

Shuningdek, yuqoridagi tizerga ko‘ra, Redmi K40 narxi 3000 yuan, ya’ni – 465 AQSh dollaridan boshlanadi; bu esa Mi 11 flagmanidan taxminan 20 foizga arzon.

Lekin oradan ikki kun o‘tib, Lu Veybing boshqa postida antiqa gap qildi. Uning yozishicha, Xiaomi hovliqib Snapdragon 888 protsessorli smartfonga bunchalik arzon narx belgilab yuborgan emish. Redmi K40 narxini oshirish masalasi bo‘yicha u Weibo foydalanuvchilariga yuzlanib, ularning fikrini so‘ragan. Tabiiyki, kompaniya muxlislari shu e’lon qilingan narxni o‘zgartirmaslikni so‘rashmoqda.

O‘QING: iQOO 7 ham chiqdi: Snapdragon 888 chipli ikkinchi flagman Xiaomi Mi 11’dan zo‘r, lekin undan arzon!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!