Redmi K40’ning ilk surati, xususiyatlari, narxi va taqdimot kuni!

  •   DiMaX
  •  4919
  •  18.04.2020 10:54

Redmi K40’ning ilk surati, xususiyatlari, narxi va taqdimot kuni!

Xiaomi korporatsiyasining arzonchi brendi Redmi K30 Pro flagmani hamda uning Redmi K30 Pro Zoom Edition versiyasini hali yaqinda – 24 mart kuni taqdim etgan. Lekin ayrim manbalarga ko‘ra, «Killer»larning keyingi avlodi – Redmi K40 ham allaqachon tayyor!

O‘QING: Snapdragon 865 chipli eng arzon flagmanlar sotuvga chiqiboq rekord qo‘ydi – bulardan yaxshisi bu yil bo‘lmaydi!

Slashleaks saytida yangi smartfonning batafsil xususiyatlari, kompyuterda ishlangan sifatli rasmi, namoyish sanasi va hatto ikki xil versiyasining narxigacha e’lon qilindi!

Ma’lumotlar manbasiga ko‘ra, Redmi K40 o‘z «ajdod»iga o‘xshash, ammo baribir ikkalasini chalkashtirib yubormaydigan darajada farqlarga ega. Yangi flagmanning orqa paneli shishadan ishlangan, bosh kameraning to‘rtta moduli doirasimon blokka olingan, ammo ularning joylashuvi o‘zgacharoq. Kameradan pastda smartfonning muhim xususiyatini ifodalovchi «5G» yozuviga ko‘zimiz tushadi.

Redmi K40 ekrani IPS matritsali, unda kadr yangilanish chastotasi 144 gersga teng. Har to‘rtala tomoni bir xil romga ega displeyning yuqori qismi markazida qo‘shaloq selfi-kamera uchun tirqish ochilgan.

O‘QING: Redmi eng zo‘r flagmanini yanada kuchaytirib, Xiaomi Mi 10’dan ham qimmat sotyapti!

Manbaning ta’kidlashicha, Redmi K40 barmoq izi chkaneri korpusning yon tomoniga – qurilmani o‘chirib-yoqish tugmachasiga o‘rnatilgan. Redmi uni boshlang‘ich konfiguratsiyada 6/64, eng yuqori talqinda esa 8/256 gigabaytlik tezkor/ichki xotira bilan taklif etadi. Qizig‘i – ushbu ikki varianti tegishlicha 327 va 364 AQSh dollariga teng narxda sotiladi!

Insayder e’lon qilgan narxiga qaraganda, bu smartfon Qualcomm Snapdragon 765G protsessori bazasiga qurilsa kerak. Lekin u bergan ma’lumotda eng g‘alati joyi – Redmi K40 taqdimot kunidir: mazkur smartfonni 4 may kuni rasman ko‘rsatishadi!

Aytish kerakki, yuqoridagi ma’lumotlar feyk bo‘lib chiqishi ham mumkin – ularning aksariyati mantiqqa to‘g‘ri kelmayapti. Bundan tashqari, yangi avlod «Qotil»lardan oldin kompaniya hali Redmi Note 9 5G modelini, uning Redmi Note 9 variantini, eng arzon – Redmi 9 hamda Redmi 9a smartfonlarini taqdim etsa kerak.

O‘QING: Xiaomi «o‘ldirib bo‘lmas» smartfon tayyorlabdi: Comet ilk «jonli» rasmlarda!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!