Redmi K50 Gaming smartfoni yangi takomillashgan trigger hamda sovutish tizimiga ega bo‘ladi

Redmi K50 Gaming smartfoni yangi takomillashgan trigger hamda sovutish tizimiga ega bo‘ladi

Kelasi hafta Redmi K50 Gaming smartfoni Xitoyda taqdim etiladi. Kecha kompaniya qurilmaning texnik tafsilotlariga oid bir necha ma’lumotlar bilan bo‘lishdi. 

Og‘ir o‘yinlarga smartfonni moslashtirish uchun sovutish tizimi yaxshilandi. Endi u issiqlikni 40% ga yaxshiroq tarqata oladi. 

Shuningdek, Xiaomi smartfonning ichki qismlarini qayta ishlab chiqdi va samaradorlikni oshirish uchun yangi materiallardan foydalandi. 

Kompaniya ta’kidlashicha, smartfon faqatgina Snapdragon chipining kuchiga tayanib qolmaydi. O‘yinlarni 90 kadr/soniyada o‘ynayotgan vaqt qurilmani qizib ketishini oldini olish uchun chipset optimallashtiriladi. 

Qurilmaning yon tomonidagi o‘yin o‘ynashga mo‘ljallangan tugmalardan foydalanish yanada qulaylashdi. Avvalgidek ushbu tugmalar mexanik qurilma orqali kopusdan sizib chiqadi. 

Avvalroq Xiaomi kompaniyasi Mercedes AMG Petronas Formula-1 jamoasi bilan hamkorlikda K50 Gaming smartfonining maxsus versiyasini taqdim etishi haqida ma’lumot berilgan edi. 

O‘QING: Xiaomi va Mercedes yana hamkorlik qiladi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!