Redmi K50 Pro va K50 Pro+ smartfonlariga oid asosiy ma’lumotlar sizdirildi

Redmi K50 Pro va K50 Pro+ smartfonlariga oid asosiy ma’lumotlar sizdirildi

Xiaomi kelasi haftada o‘zining yangi Redmi K50 Pro va Pro+ modellarini taqdim etadi. Taqdimotdan oldin smartfonlar qaysi chip bilan jihozlanishiga oid ma’lumotlar va ularning orqa dizayni ko‘rsatuvchi rasmiy suratlar paydo bo‘ldi. 

K50 Pro va Pro+ ikkalasi ham yaltiroq muz kristalli elementlari bilan yangi «nano-mikrokristalli» orqa panel dizayniga ega bo‘ladi. Redmi kompaniyasining rasmiy Weibo akkaunti ushbu effektni batafsilroq aks ettiruvchi videoni joylashtirdi. 

Ikkala model ham OIS texnologiyasi bilan jihozlangan 108MP asosiy kamera va unga qo‘shimcha ikkita kameraga ega bo‘ladi. Xiaomi, shuningdek, Redmi K50 Pro modeli MediaTek Dimensity 8100 chipi, K50 Pro+ esa Dimensity 9000 chipi bilan jihozlanishini tasdiqladi. 

Bundan tashqari, ikki qurilma GeekBench ma’lumotlar bazasida paydo bo‘ldi. Redmi K50 Pro (Xiaomi 22041211AC) 12GB tezkor xotiraga ega bo‘lishi hamda Android 12 operatsion tizimida ishlashi ma’lum bo‘ldi. Smartfon bir yadroli testda 932 ball, ko‘p yadroli testda esa 3690 ballni qo‘lga kiritdi. 

Redmi K50 Pro+ (Xiaomi 22021211RC) ham 12GB xotiraga ega. U bir yadroli testda 1242 ball, ko‘p yadroli testda esa 4150 ball to‘plagan. 

O‘QING: Xiaomi Civi 2 smartfoniga oid ilk ma’lumotlar sizdirildi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!