Redmi K50 seriyasiga oid yangi ma’lumotlar sizdirildi

Redmi K50 seriyasiga oid yangi ma’lumotlar sizdirildi

Bir necha oydan beri internet sahifalarida  Redmi K50 seriyasiga oid mish-mishlar tarqalmoqda. Hozircha kompaniya smartfonlar to‘grisida hech qanday ma’lumot bermadi. Digital Chat Station insayderi Redmi K50 seriyasi 2022 yilning fevral oyi oxirida taqdim etilishi haqida xabar bermoqda. 

O‘QING: 19 ta Xiaomi va Redmi smarfonlari Android 12 operatsion tizimiga o‘tishni boshladi 

Insayder smartfonlarning taqdimoti nega ushbu sanada bo‘lib o‘tishini taxmin qilishiga asos bor. Chunki avvalgi Redmi K40 seriyasi 2021 yilning fevral oyida taqdim etilgan edi.  

Insayder ma’lumotlariga ko‘ra, K40 seriyasi kabi K50 lineykasi ham to‘rtta: K50, K50 Pro, K50 Pro+ hamda K50 Gaming smartfonlaridan tashkil topadi. 

Redmi K50 Pro+ modeli yangi Snapdragon 8 Gen1 chipi bilan, K50 Pro esa Snapdragon 870 chipi bilan jihozlanadi. K50 va K50 Gaming smartfonlari esa mos ravishda Dimensity 7000 hamda Dimensity 9000 chipi bilan jihozlanadi. 

Barcha smartfonlar MIUI 13 grafik qobig‘ida ishlaydi hamda ekranosti barmoq izi skaneriga ega bo‘ladi. 

Redmi K50 Gaming qurilmasiga 64MP asosiy kamera hamda 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator o‘rnatilsa, K50 Pro+ modeli 108MP asosiy kamera va telefoto kamera bilan jihozlanadi. 

Shuningdek, Redmi K50 seriyasi 100 vatt quvvatlash texnologiyasi hamda IP68 standartiga ega bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Ammo ushbu imkoniyatlar barcha smartfonlarda bo‘lmasligi mumkin.

O‘QING: Xiaomi 12'ning orqa paneli aks etgan surat paydo bo‘ldi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!