Redmi K50 Ultra qachon chiqarilishi ma'lum bo'ldi

Redmi K50 Ultra qachon chiqarilishi ma'lum bo'ldi

Xitoyning Redmi kompaniyasi o'zining K50 Extreme Edition smartfonini rasman ertaga, 11-avgust kuni taqdim qilishini e'lon qildi. Ma'lum bo'lishicha, qurilma tadbirda Redmi K50 Ultra nomi bilan chiqariladi. 

Yangi Redmi smartfoni, albatta, Qualcomm'ning eng so'nggi rusumdagi Snapdragon 8+ Gen 1 chipseti bilan ta'minlanadi. Bundan avval qurilma 200MP asosiy kameraga ega bo'lishi mish-mish qilingan edi, lekin rasmiy ma'lumotlarga qaraganda u Samsung'ning 108MP ISOCELL HM6 kamera sensori bilan, qo'shimchasiga, 8MP ultrakeng va 2MP makro kameralari bilan keladi. Selfi kamerasi esa 20MP bo'lishi mumkin. 

Mish-mishlarga ko'ra, Redmi K50 Ultra smartfoniga 6.7 dyuymli, 144Hz yangilanish tezligiga ega bo'lgan AMOLED displey o'rnatiladi. U 8 yoki 12 GB operativ, 128 yoki 256 GB doimiy xotira variantlarida ega bo'ladi. Uning 5,000 mAh batareyasi 120W tezlikda zaryadlanadi.

O'QING: Motorola'dan Razr 2022 bo‘lsa, Xiaomi'dan Mix Fold 2

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!