Redmi K50 yuqori sifatli renderda namoyish etildi

Redmi K50 yuqori sifatli renderda namoyish etildi

Fevral oyida Xiaomi kompaniyasi Redmi K50 Gaming va Redmi K50 smartfonlarini taqdim etishi kutilmoqda. Yangi renderlarga ko‘ra, Redmi K50 modeli o‘zgacha dizaynga ega bo‘lishi mumkin. 

Agar ushbu renderlar tog‘ri bo‘lsa ushbu smartfonning dizayni ko‘pchilikni ajablantirishi aniq. 

Old panel odatiy smartfonlar kabi ishlangan — yassi displey hamda uning yuqorisidan o‘rin olgan yumaloq tirqishli selfi kamera. Ammo tekis yuzali rom va yumaloq shakldagi ovozni boshqarish tugmalari ko‘proq iPhone 4 qurilmasini eslatib yuboradi. 

Orqa paneldagi kamera moduli ham o‘zgacha. Yumaloq shakldagi moduldan uchta noodatiy joylashgan kamera va LED chirog‘i o‘rin olgan. 

Smartfon Snapdragon 870 chipi bilan jihozlanishi taxmin qilinmoqda. Qurilmaning boshqa texnik jihatlari haqida aniq ma’lumotlar mavjud emas. 

O‘QING: Redmi 10A smartfoni sotuvga chiqmoqda 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!