Redmi K60 flagmanga aylanadimi?

Redmi K60 flagmanga aylanadimi?

Redmi K60 smartfoni o‘z seriyasidagi bazaviy model hisoblansa-da, flagmanlik xususiyatlarini taqdim etishi kutilmoqda.

Ushbu qurilma Snapdragon 8+ Gen1 chipiga ega bo‘lishi mumkin. Seriyadagi 60 Pro modeli katta ehtimol bilan yaqinda taqdim etiladigan Snapdragon 8 Gen2 chipi bilan jihozlanadi. Garchi ungacha Snapdragon 8+ Gen1 eng kuchli Qualcomm chipseti nomidan ayrilsa-da, u smartfonni yuqori unumdorlik bilan ta’minlashdan to‘xtab qolmaydi. 

Qurilmaga AMOLED displey hamda 67 vattda quvvat oluvchi 5,500 mAs sig‘imli akkumulyator o‘rnatiladi. Smartfonni, shuningdek, 30 vattda simsiz ham quvvatlash mumkin bo‘ladi. 

Avvalroq Redmi K60 modeli 50MP asosiy kameraga ega bo‘lishi hamda u kelasi yilning birinchi choragida taqdim etilishi ma’lum qilingan edi. 

O‘QING: Galaxy Z Fold4'ning xitoycha versiyasi qachon chiqarilishi ma’lum bo‘ldi