Redmi K60 modellarining birinchi savdosi kompaniya uchun ancha muvaffaqiyatli bo‘ldi

Redmi K60 modellarining birinchi savdosi kompaniya uchun ancha muvaffaqiyatli bo‘ldi

Xiaomi kompaniyasi Redmi K60 seriyasini sotuvga chiqardi. Kompaniyaning Weibo'dagi ma’lumotlariga ko‘ra, besh daqiqa ichida Redmi K60 modellari 300 000 dona sotilgan. Xaridorlarga asosan 1220p sifatidagi ekran, simsiz quvvlash imkoniyati, Snapdragon 8 Gen 2 chipiga ega bo‘lgan Pro model ma’qul kelgan. 

Redmi K60 seriyasi K60, K60 Pro va K60E smartfonlaridan iborat bo‘lib, K60 modeli Snapdragon 8+ Gen 1, K60 Pro modeli Snapdragon 8 Gen 2, K60E esa Dimensity 8200 chipi bilan jihozlangan. Pro model, shuningdek, IMX890 sensori bilan jihozlangan 50MP asosiy kamera hamda 120 vatt tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega. 

Agar matematik hisob-kitob qiladigan bo‘lsak, Xiaomi har bir sekundda 100 dona K60 modellaridan sotgan. Ammo bu o‘tgan yilgi Redmi K50 seriyasining rekordini o‘zgartira olmadi. Faqat ikki modeldan iborat bo‘lgan K50 seriyasi o‘tgan yili besh daqiqa ichida 330 000 dona sotilgan edi. 

O‘QING: Samsung o‘zining yangi Odyssey Neo G9 monitorini taqdim qildi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.