Redmi K60 Ultra qachon taqdim qilinishi ma'lum bo'ldi

Redmi K60 Ultra qachon taqdim qilinishi ma'lum bo'ldi

Taniqli insayder, Digital Chat Station, o'zining Weibo sahifasida xabar berishicha, Xiaomi kompaniyasi o'zining Redmi K60 seriyasidagi smartfonlarini keyingi yilning birinchi choragida, yoxud Xitoy Yangi yili (22-yanvar) dan o'tib taqdim qilishi mumkin.

Mish-mishlarga ko'ra, Redmi K60 seriyasi hozirgi Redmi K50 smartfonlaridan farqli o'laroq 108MP kamera bilan emas, balki 50 megapikselli yaxshirog'i bilan alishtirilishi mumkin. Shuningdek, smartfonlar Qualcomm keyingi oyda taqdim qilishi kutilayotgan Snapdragon 8 Gen 2 chipi bilan jihozlanishi ham kutilmoqda.

Xitoydagi Xiaomi Group prezidenti, Lu Veybing "Redmi K60'da "aqlli orol" kerakmi?" deya bergan savolidan yangi avlod Redmi K smartfonlari Apple'ning iPhone 14 Pro smartfonlarida bo'lgani kabi dinamik orolga ega bo'lishi mumkinligi tahmin qilinmoqda.

O'QING: Huawei kompaniyasi nova 10 seriyasidagi uchinchi smartfonni taqdim etdi