Redmi kamerasi 64 MPlik birinchi smartfonini va unda olingan rasmni e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  3140
  •  22.07.2019 11:08

Redmi kamerasi 64 MPlik birinchi smartfonini va unda olingan rasmni e’lon qildi

Bugun – 22 iyul kuni Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi Redmi rasmiy sahifasida yangi bayonot paydo bo‘ldi. Unda kompaniya bosh kamerasida 64 megapiksellik moduli bo‘lgan birinchi smartfonini tayyorlayotganini aytgan.

O‘QING: Uchta modeldagi Xiaomi smartfonlariga zo‘r funksiya qo‘shilyapti!

Xiaomi da’vosiga ko‘ra, ushbu kamerofon o‘ta yuqori aniqlikda fotosuratlar olishga qodir bo‘ladi:

Aftidan, mazkur smartfon joriy yilning may oyida taqdim etilgan Samsung ISOCELL Bright GW1 datchigi bilan jihozlanmoqda. Zero, bu – hozircha bozordagi yagona 64 megapiksellik moduldir.

O‘QING: Samsung damini olsin - 64 MPlik ilk smartfonni birinchi bo‘lib Realme ko‘rsatadi!

Bundan tashqari, Xiaomi vitse-prezidenti hamda Redmi brendi rahbari Lu Veybing (Lu Weibing) ayni o‘sha – 64 MPlik rejimda ishlayotgan kamera ilovasidan skrinshot olib tarqatgan. Undagi fotosuratda Xiaomi kompaniyasining yangi shtab-kvartirasi aks ettirilgan:

Endi esa internetda ushbu smartfonning qaysi model ekanligi haqida munozaralar boshlandi. Eng ommabop variantlar – Redmi K30 hamda Redmi Note 8 bo‘lib turibdi, biroq Xiaomi hamda Redmi brendlari eng kutilmagan nomlarni o‘ylab topishlari mumkinligini ham aytishgan.

Hozirgacha global bozorga turli rusumlardagi Xiaomi telefonlarini esa 590 000 so‘m dan boshlanuvchi narxlarga Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin.

O‘QING: Xiaomi Qin 2 – atigi 73 dollarlik, eng nostandart smartfon namoyish qilindi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!