Redmi Note 10 Pro 4G ham tayyor: uning nimasi Galaxy Note 20 Ultra’dan olingan?

  •   DiMaX
  •  1944
  •  07.01.2021 10:09

Redmi Note 10 Pro 4G ham tayyor: uning nimasi Galaxy Note 20 Ultra’dan olingan?

Xiaomi kompaniyasi Redmi Note 10 hamda Redmi Note 10 Pro smartfonlarini tayyorlagani haqida anchadan beri xabarlar yuradi. Bulardan ikkinchisi keingi kunlarda biryo‘la bir nechta mamlakatdagi rasmiy regulyatorlar saytlarida paydo bo‘ldi.

O‘QING: Atigi 150 dollarlik Redmi Note 10 bilan Redmi Note 10 Pro’ning asosiy farqi nimada?

Redmi Note 10 Pro smartfoni, avvalo, AQShning Federal aloqa komissiyasi (Federal Communications Commission, qisqartmasi – FCC) saytida M2101K6G model raqami ostida sertifikatsiyadan o‘tdi. Shuningdek, u Yevropa iqtisodiy komissiyasi, shuningdek Singapurning IMDA hamda Malayziyaning MCMC regulyatorlarida ham sertifikatlandi.

Bu ma’lumotlarni tasdiqlagan bir nechta ishonchli insayder Redmi Note 10 Pro beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlashini ham aytgan. Taxminlarga ko‘ra, uni Snapdragon 700-seriyadagi biror Qualcomm chipseti yoki MediaTek Dimensity protsessorlaridan biri bazasida tayyorlashmoqda.

Shu bilan birga, bu smartfonning 5G tarmog‘ida ishlay olmaydigan versiyasi – Redmi Note 10 Pro 4G modeli haqida ham xabarlar chiqmoqda. Eng qizig‘i – insayderlarga ko‘ra, uning bosh kamerasida naq 108 megapiksellik Samsung ISOCELL HM1 (S5KHM1) datchigi qo‘llanishini aytishmoqda. Ta’kidlash kerakki, Samsung kompaniyasi bu sensorini o‘zining Galaxy S20 Ultra hamda Galaxy Note 20 Ultra flagmanlarida ishlatgan.

Xullasi kalom, Redmi Note 10 Pro smartfoni bir nechta versiyada chiqishi mumkin va, allaqachon bir nechta regulyatorda sertifikatlanganiga qaraganda, uning taqdimoti yaqin.

O‘QING: Xiaomi Mi 10 turkumida 300 dollardan arzon 5G-smartfon chiqdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!