Redmi Note 10 Pro'ning suratlari paydo bo‘ldi

Redmi Note 10 Pro'ning suratlari paydo bo‘ldi

Redmi Note 10, Note 10 Pro va Note 10 Pro Max smartfonlari 4 mart sanasida taqdim qilinishi haqida xabar bergan edik. Ushbu yangi qurilmalardan Note 10 Pro'ning bir necha suratlari tarmoqqa sizdirildi va Weibo platformasida muhokamalarga sabab bo‘lmoqda, deb yozadi GSMArena.

Redmi Note 10 Pro qurilmasining kamera dizayni Mi 10 Ultra'dan ilhomlanib yaratilgan, chunki asosiy kamera atrofi kumush qoplam bilan bezalgan.

Yuqoridagi tasvirdan ko‘rish mumkinki, smartfon ikkita katta va ikkita kichik kamera moduliga ega bo‘ladi. Yon tomonda LED chiroq va lazerli avtofokus ham bor, nazarimizda.

Taqdimot sanasiga qadar oz muddat qoldi. Barcha tafsilotlarni biz bilan kuzatib borishni unutmang.

O‘QING: Arzon flagman – Xiaomi Mi 11 Lite’ni ilk bor «jonli» tomosha qilamiz!