Redmi Note 10 taqdimotidan oldin uni 10 daqiqalik anboksing videosida batafsil tomosha qilamiz!

  •   DiMaX
  •  2160
  •  03.03.2021 13:05

Redmi Note 10 taqdimotidan oldin uni 10 daqiqalik anboksing videosida batafsil tomosha qilamiz!

Avvalroq biz Xiaomi kompaniyasining arzonchi brendi tayyorlagan Redmi Note 10 Pro smartfoni qadog‘i aks etgan suratni ulashgan edik. Keyin esa ushbu turkumning eng arzon vakili – Redmi Note 10 4G modelining «jonli» rasmlari ham tarqaldi.

O‘QING: 4 mart kuni Xiaomi'ning sizga tayyorlagan yana bir sovg‘asi bor!

Redmi brendi o‘zining Note 10 hamda Note 10 Pro fabletlarini hali ertaga – 4 mart kuni taqdim etadi. Hindistondagi zavodda ishlab chiqarilayotgan ushbu qurilmalarning namoyishi ham shu o‘lkada bo‘lib o‘tadi, savdosi ham shu yerda boshlanadi.

Kompaniya allaqachon «Fillar o‘lkasi»dagi do‘konlarga va uyali aloqa operatorlariga smartfonlarni jo‘nata boshlagan. Qo‘shni mamlakat – Pokistondagi bloger esa ulardan birini qo‘lga kiritib, anboksing videosini e’lon qildi! O‘n daqiqalik lavhada Redmi Note 10 Pro smartfonining o‘zini va qadoq tarkibini to‘liq tomosha qilish mumkin:

Videolavhada ushbu modelning asosiy texnik xususiyatlari tasdiqlangan:

  • diagonaliga 6,43 dyuymlik, chastotasi 60 gerslik AMOLED-ekran;
  • Snapdragon 678 protsessori;
  • asosiy datchigi 48 megapiksellik kvadrokamera;
  • 13 megapiksellik old kamera;
  • sig‘imi 5000 mA/soatlik, tezkor zaryadlanishi 33 vattlik akkumulyator;
  • stereodinamiklar va standart quloqchin tirqishi.

Redmi Note 10 modelining narxi 200 AQSh dollari atrofida bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Bu boradagi yangiliklarni Terabayt.uz bilan birga kuzatishda davom eting.

O‘QING: O‘rta narxli o‘nta eng kuchli smartfon (AnTuTu reytingi, 2021 yil fevral)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.