Redmi Note 10 turkumidagi bir nechta 5G-smartfon allaqachon tayyor! (uchta «jonli» rasm)

  •   DiMaX
  •  1298
  •  04.09.2020 10:04

Redmi Note 10 turkumidagi bir nechta 5G-smartfon allaqachon tayyor! (uchta «jonli» rasm)

Xiaomi kompaniyasi o‘zining arzonchi brendiga mansub fabletlarining o‘ninchi avlod vakillarini tez orada taqdim etishi kutilmoqda. Biz avvalroq Redmi Note 10 modelining TENAA’ga chiqqan suratlari va xususiyatlarini e’lon qilgan edik, keyin esa...

O‘QING: Kutilmaganda benchmarkda Redmi Note 10 qo‘lga tushdi!

Redmi Note 10 turkumiga bu gal bir nechta modeldagi smartfon kirishi kutilmoqda. Yana bir xushxabar – o‘ninchi avlod fabletlari 5G-protsessorlar bilan ta’minlanyapti, ya’ni ular Redmi Note turkumidagi ilk 5G-qurilmalar bo‘ladi.

Internetda allaqachon Redmi Note 10 smartfonining «jonli» suratlari ham tarqala boshlagan:

Mazkur smartfonning bosh kamerasi uch modulli bo‘lib, undagi asosiy datchikning aniqligi 48 megapiksellik ekan.

O‘QING: 64 MPlik kvadrokamera va 48 MPlik qo‘shaloq old kamerali eng arzon selfifon chiqdi

O‘ninchi avlod Redmi planshetofonlarida MediaTek kompaniyasining Dimensity 820 protsessori qo‘llanishi aytilgan edi. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, kompaniya ularning ayrim modellariga Dimensity 720 chipsetini o‘rnatyapti. Aftidan, bulardan birinchisi Redmi Note 10 Pro, ikkinchisi esa standart Redmi Note 10 versiyalarida ishlatiladi.

Lekin navbatdagi suratga e’tibor bering:

Ekranda aks etgan ma’lumotlarga ko‘ra, bu smartfon chipseti 2,4 GGs chastotaga ega; MediaTek ishlanmalari orasida esa bunaqa ko‘rsatkich faqat Dimensity 800U protsessoriga to‘g‘ri keladi. Demak – Redmi Note 10 turkumida kamida uchta modelda smartfon chiqadi.

O‘QING: Xiaomi sir tutayotgan Mi 10T Pro kamerofonini ilk «jonli» suratlarda ko‘ramiz!

Shuningdek, navbatdagi suratda maxsus g‘ilofga solingan smartfonning old kamerasi displeyning burchagiga emas, balki ekran yuqori qismining o‘rtasiga joylanganini ko‘ramiz:

Xiaomi mazkur smartfonlarini 8 gigabaytlik tezkor xotira bilan ta’minlayotgani ham aytilmoqda. Redmi Note 10 turkumining rasmiy namoyishi oktyabr oyida bo‘lib o‘tishi mumkin.

O‘QING: Xiaomi Mi 10 turkumining 300 yevrodan arzon yangi 5G-modeli shu oydayoq chiqadi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!