Redmi Note 10 Ultra ham tayyor: namoyish kuni, narx va xususiyatlari

  •   DiMaX
  •  4411
  •  21.05.2021 10:10

Redmi Note 10 Ultra ham tayyor: namoyish kuni, narx va xususiyatlari

Redmi brendi Hindiston bozoriga taqdim etgan o‘ninchi avlod fabletlari oilasiga uchta model kirgan: standart Redmi Note 10 smartfoni, uning Redmi Note 10 Pro versiyasi hamda yanada ilg‘or Redmi Note 10 Pro Max. Lekin ular jahon bozoriga sal boshqacharoq nomlar bilan chiqqan: global Redmi Note 10 Pro modeli hindcha Redmi Note 10 Pro Max bilan bir xil.

O‘QING: Xiaomi Redmi Note 10'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Xiaomi endi o‘z yurtida ham ushbu lineyka smartfonlarini namoyish qilmoqchi va taqdimotni 26 may sanasiga belgilagan. Xitoycha smartfonlar endi hindchasidan ham, globalidan ham farq qiladi.

Xitoydagi onlayn savdo maydonlaridan biridan olingan skrinshotga qaraganda, ushbu turkumda uchta – Redmi Note 10, Redmi Note 10 Pro hamda Redmi Note 10 Ultra modellari bo‘ladi.

Hozir bulardan eng zo‘ri – Redmi Note 10 Ultra texnik xususiyatlari ma’lum bo‘lgan. Xiaomi uni MediaTek Dimensity 1100 platformasi bazasida tayyorlab, diagonaliga 6,53 dyuymlik AMOLED-ekran bilan ta’minlagan.

Redmi Note 10 Ultra bosh kamerasi uchtalik bo‘lib, unda asosiy datchik sifatida 64 megapiksellik Sony IMX686 sensori qo‘llanmoqda. Smartfonning 5000 mA/soatlik akkumulyatori esa 33 vattlik texnologiya asosida tezkor quvvat oladi.

Ushbu smartfon tezkor/doimiy xotira hajmiga ko‘ra uch xil variantda chiqadi. Ulardan boshlang‘ich – 6/128 gigabaytligi 280 dollarga baholangan; qolgan ikkitasi – 8/128 va 8/256 GBlik variantlarining narxi hozircha ma’lum emas.

O‘QING: Quvvati ikki kunga yetuvchi POCO M3 Pro 5G chiqdi: brendning birorta Xiaomi yoki Redmi smartfoniga o‘xshamagan ilk modeli!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.