Redmi Note 10’ning ilk tizeri: «yong‘oqchaqar»ning munosib izdoshi!

  •   DiMaX
  •  1776
  •  27.01.2021 14:26

Redmi Note 10’ning ilk tizeri: «yong‘oqchaqar»ning munosib izdoshi!

Xiaomi kompaniyasi ikki yil oldin Redmi Note 7 rusumli smartfonini namoyish etgan va u o‘ta ommalashgan edi. Biror mustahkamlik standartiga ega bo‘lmasa-da, «Kichkina King-Kong» deb ham atalgan ushbu arzon model o‘ta pishiq chiqqandi.

O‘QING: Redmi Note 7 chindan ham «yong‘oqchaqar»mi? JerryRigEverything «jonli» videotestini tomosha qilamiz!

Mustahkamligi bois «yong‘oqchaqar» laqabini olgan Redmi Note 7 smartfonini turli videolarda yigitlar polga tashlab tepkilab, qiz nozik poshnasida ezg‘ilab, do‘mboq yigit ustiga sakrab o‘tirib va yana ekrani bilan yong‘oq chaqib, displeyi ustida turli mahsulotlarni oshpichoqda chopib, hatto suv tubida ham ishlatib ham ko‘rsatishgan. Shuningdek, Redmi Note 7’ning ichini ochib, qismlarga ajratib ko‘rsatilgan, yana mustahkamligi metall zo‘ldir va drel ostida, kalit to‘la quti ichida sinalgan videolarini ham chiqarganmiz.

«Xitoycha Apple» endi yangi tizer e’lon qildi – unda «Kichkina King-Kong»ning qaytishi ma’lum qilingan. Poster ushbu turkumdagi yangi smartfonning taqdimoti yaqin ekanligidan dalolat beradi va bu RedmI Note 10 modeli bo‘lishi kutilmoqda.

Ushbu turkumda standart 5G-smartfondan tashqari, yanada ilg‘or Redmi Note 10 Pro flagmanini hamda uning Redmi Note 10 Pro 4G versiyasi ham chiqishi ma’lum. Redmi brendi allaqachon bir qator mamlakatlarning tegishli regulyatorlarida sertifikatlashtirib bo‘lgan. Ularning rasmiy namoyishi keyingi oyda bo‘lib o‘tsa kerak.

Redmi Note turkumidagi o‘ninchi avlod smartfonlarining turli versiyalarida Snapdragon 735G hamda Snapdragon 750G protsessorlari qo‘llanishi aytilmoqda. Shuningdek, ularda 6/8 gigabaytlik tezkor va 64/128 gigabaytlik doimiy xotira, 64 megapiksellik kamera, yangilanish chastotasi 90/120 gerslik ekran hamda 5050 mA/soatlik akkumulyator bo‘ladi.

O‘QING: «Tajovuzkor» narxli Redmi Note 10 hamda Note 10 Pro: taqdimot kuni, ranglari va texnik xususiyatlari

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!