Redmi Note 10S taqdimot kuni, rasmiy sahifasi, suratlari va qadoq tarkibi e’lon qilindi

  •   DiMaX
  •  650
  •  04.05.2021 09:00

Redmi Note 10S taqdimot kuni, rasmiy sahifasi, suratlari va qadoq tarkibi e’lon qilindi

Xiaomi korporatsiyasining arzonchi brendi yaqindagina Redmi K40 Gaming Edition hamda Redmi K40 Gaming Enhanced Edition modellarini namoyish etgan edi. Geymerlarga mo‘ljallangan ushbu qurilmalar ortidan Redmi brendi Note 10 turkumidagi yana bir smartfonini e’lon qildi.

O‘QING: Xiaomi to‘rt xil smartfonida proshivka yangilanishini to‘xtatyapti

Xiaomi vitse-prezidenti hamda Xiaomi India bo‘linmasi yetakchisi Manu Kumar Jeyn (Manu Kumar Jain) kuni kecha Twitter tarmog‘i orqali chiqish qildi. Unga ko‘ra, Redmi Note 10S rusumli yangi smartfon 13 may kuni savdoga chiqadi.

Demak, devaysning rasmiy namoyishi ham o‘sha sanada bo‘lib o‘tsa kerak. Redmi Note 10S dastlab Hindiston bozoriga taqdim etiladi, keyinroq esa Xiaomi uni boshqa mamlakatlarda ham sota boshlaydi.

O‘QING: 5 maygacha Xiaomi eng qimmat smartfonidan naq 60 tasini teppa-tekinga tarqatyapti!

Redmi Note 10S standart qadoq jamlanmasiga smartfonning o‘zidan tashqari shaffof g‘ilof, quvvatlagich va kabel, SIM-karta slotini chiqaruvchi skrepka hamda foydalanuvchi qo‘llanmasi kirishini ishlab chiqaruvchi allaqachon tasdiqlagan.

Shuningdek, kompaniya Redmi Note 10S smartfoni mobil fotografiya ishqibozlari uchun ajoyib tanlov bo‘lishini ta’kidlagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, uning kvadrokamerasida 64 megapiksellik asosiy sensor qo‘llanmoqda.

Bundan tashqari, Xiaomi rasmiy saytida Redmi Note 10S suratlari va ayrim xususiyatlari aks ettirilgan sahifa ham ochilgan.

O‘QING: Samsung o‘yindan chiqqan yo‘nalishda uning yordami bilan Xiaomi birinchi bo‘ladi!

Redmi Note 10S modeli 6,43 dyuymlik ekranga hamda MediaTek Helio G95 protsessoriga ega bo‘lishini aytishmoqda. Uning akkumulyatori 5000 mA/soatlik bo‘lib, 33 vattlik tezkor quvvatlash texnologiyasi bilan ta’minlangan.

Eslatib o‘tamiz, hozirda ushbu seriyada Hindiston bozoriga taqdim etilgan fabletlar oilasiga uchta model kirgan: standart Redmi Note 10 smartfoni, uning Redmi Note 10 Pro versiyasi hamda yanada ilg‘or Redmi Note 10 Pro Max. Lekin ular jahon bozoriga sal boshqacharoq nomlar bilan chiqqan: global Redmi Note 10 Pro modeli hindcha Redmi Note 10 Pro Max bilan bir xil.

O‘QING: Xiaomi Redmi Note 10'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!