Redmi Note 11 4G'ning global versiyasi sotuvga chiqmoqda

Redmi Note 11 4G'ning global versiyasi sotuvga chiqmoqda

Xiaomi kompaniyasi oktyabr oyida Redmi Note 11 5G smartfonini taqdim etgan edi. O‘tgan oy esa Helio G88 chipiga ega bo‘lgan Redmi Note 11 4G taqdim etildi. Endi Xiaomi ushbu smartfonning global versiyasini xalqaro bozorda sotmoqchi. 

O‘QING: Xiaomi smartfonlarning akkumulyatori uchun yangi texnologiyani taqdim etdi 

Qurilmaning texnik ko‘rsatkichlari xitoycha versiya bilan o‘xshash bo‘lishi yoki bo‘lmasligi hozircha noma’lum. Global versiyadagi Redmi Note 11 4'ning model raqami 2201117SG bo‘lib, u MIUI 12.5 grafik qobig‘ida ishlaydi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, qurilma 90Hz ekran yangilanish chastotasida ishlovchi 6.5 dyuymli FullHD rezolyutsiyadagi IPS LCD displeyi bilan jihozlanadi. Xitoycha versiyadan farqli o‘laroq global versiyaga Snapdragon 680 chipi o‘rnatiladi. 

Smartfon 50MP asosiy kamera, 8MP ultrakeng kamera va 2MP sath kamera bilan jihozlanadi. Selfi kameraning rezolyusiyasi 8 megapikselni tashkil qiladi. Shuningdek Redmi Note 11 4G qurilmasiga 18 vattda quvvat oluvchi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator o‘rnatiladi. 

Smartfon stereo dinamik, yon tomonda joylashgan barmoq izi skaneri hamda maishiy texnikalarni boshqarishga mo‘ljallangan infraqizil portiga ega. 

Redmi Note 11 4G xalqaro bozordagi narxi 199 dollarni tashkil qiladi. 

O‘QING: Xiaomi 12 Ultra'ning renderlari e’lon qilindi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!