Redmi Note 11 GeekBench'da testdan o‘tdi

Redmi Note 11 GeekBench'da testdan o‘tdi

Bugun Xiaomi Note 11 seriyasi rasman taqdim etiladi, biroq 21091116AC katalog raqami bilan belgilangan liniyaning bazaviy modeli kecha GeekBench'da testdan o‘tdi. 

Sinov natijalariga ko‘ra, smartfon bir yadroli testda 592 ball, ko‘p yadroli testda esa 1712 ballni qo‘lga kiritdi. Bu esa hozirgi flagman smartfonlar qayd etgan natijaning yarmiga teng hisoblanadi. 

GeekBench smartfon Android 11 tizimida ishlashi hamda 8GB tezkor xotiraga ega ekanligini ko‘rsatib berdi. Bu smartfonning eng katta xotiraga ega bo‘lgan turi bo‘lib, Redmi Note 11'ning 4GB hamda 6GB tezkor xotiraga ega turlari mavjud. 

O‘QING: Redmi Note 11 xalqaro bozorga boshqa nom ostida sotuvga chiqadi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!