Redmi Note 11 hamda Note 11 Pro smartfonlarining texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

Redmi Note 11 hamda Note 11 Pro smartfonlarining texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

Redmi subbrendi o‘zining Note seriyasidagi navbatdagi smartfonlarini taqdim etadi. Weibo'dagi ma’lumotlarga ko‘ra, ikki smartfon 11 noyabr sanasida chiqish qiladi. 

O‘QING: Xiaomi kompaniyasi Redmi K40s smartfonini taqdim etmoqchi 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Redmi Note 11 Pro qurilmasi 120Hz OLED displeyi, Dimensity 920 chipiga ega bo‘ladi. Uning 6/128GB, 8/128GB, 8/256GB xotiraga ega turlari mavjud. Qurilmaning narxi xotira hajmiga qarab turlicha bo‘ladi. Xususan, 6/128GB - 248 dollar, 8/128GB - 279 dollar, 8/256GB - 311 dollarni tashkil qiladi. 

Avvalroq Redmi Note 11 Pro mish-mishlarda 120 vatt tezkor quvvatlanish imkoniyatiga ega bo‘lishi aytilgan edi. Biroq yangi ma’lumotlar bu mish-mishlarni inkor etib, smartfon 67 vattda quvvat olishini tasdiqladi. Shunday bo‘lsada, avvalgi Redmi Note 10 Pro qurilmasi 33 vattda zaryad olishini inobatga olsak, yangi model bu borada sezilarli o‘sishga erishgan. 

Shuningdek, smartfon 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator, 108MP asosiy kamera, 16MP selfi kamera, NFC, stereo dinamiklarga ega bo‘ladi. 

Redmi Note 11 modeli esa 120Hz LCD displeyi, 50MP asosiy kamera, 13MP selfi kamera, Dimensity 810 chipiga ega bo‘ladi. Uning 6/128GB xotira hajmiga ega turi 186 dollar, 8/128GB turi esa 248 dollarni tashkil qiladi. Pro model kabi, Note 11 ham 5,000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ladi, biroq Pro'dan farqli o‘laroq, u 33 vattda quvvat oladi. 

O‘QING: Ommabop Redmi smartfonining narxi rekord darajada pastladi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!