Redmi Note 11 hamda Note 11S smartfonlari taqdim etildi

Redmi Note 11 hamda Note 11S smartfonlari taqdim etildi

Xiaomi kecha global Redmi Note 11 Pro modellari bilan bir qatorda Redmi Note 11 va Note 11S qurilmalarini ham taqdim etdi. Pro modellarga qaraganda ushbu qurilmalar kichikroq, yengilroq va arzonroqdir. 

O‘QING: Va nihoyat global Redmi Note 11 Pro smartfoni taqdim etildi 

Ikkila model 6.43 dyuymli AMOLED displeyi bilan jihozlangan. Ularning korpusi Pro modellardan kichikroq va 20 grammga yengilroq hisoblanadi. 

Qurilmalarning 1080p rezolyutsiyadagi displeyi 90Hz ekran yangilanish va 180Hz sensorli namuna olish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Uning maksimal yorqinlik darajasi esa 700 nitga oshgan. Displeyni Gorilla Glass 3 shishasi bilan himoyalangan bo‘lsa, IP53 standarti qurilmalarni suv va changdan himoya qiladi. O‘tgan yilgi Redmi 10 va 10S modellari bilan taqqoslasak, yangi modellarning displey texnik jihatlari yaxshilangan. 

Kameraning texnik jihatlari ham o‘sishga erishgan. Redmi Note 11S modeli xuddi Pro model kabi 1/1.53 dyuym hamda 0.7 µm piksel kattaligidagi 108MP ISOCELL HM2 asosiy kamera bilan jihozlangan. Taqqoslash uchun, Redmi 10S modeli 1/1.97 dyuymli 64MP kameraga ega edi. 

Redmi Note 11 modeliga esa 50MP asosiy kamera o‘rnatilgan. Shuningdek, ikkala smartfonga 8MP ultrakeng, 2MP makro va 2MP sath kameralar o‘rnatilgan. 

Ikki smartfon turli xil chiplarga ega. Note 11S modeli Helio G96 chipi bilan, Note 11 esa Snapdragon 680 chipi bilan jihozlangan. Helio G96 chipi 12 nanometrlik jarayon asosida yaratilgan bo‘lib, u nisbatan yangiroq bo‘lgan Cortex-A76 yadrolariga ega. Snapdragon 680 esa 6 nanometrlik jarayon asosida yaratilgan. Demak, ushbu chip unumdorlik bilan emas, balki quvvat samaradorligi bilan maqtana oladi. 

Qurilmalar Android 11 operatsion tizimiga asoslangan MIUI 13 grafik qobig‘ida ishlaydi. Redmi Note 11 modelining 4/64GB hamda 6/128GB xotiraga ega turlari bo‘lsa, Note 11S'ning 6/64GB va 8/128GB xotiraga ega turlari mavjud. Pro modellardan farqli ravishda ushbu smartfonlarga ikkita SIM-karta va microSD kartasini o‘rnatish mumkin. 

Barmoq izi skaneri ikkila smartfonning yon tomonidan o‘rin olgan. Bundan tashqari, ekranni blokdan chiqarish uchun Face ID'dan foydalanish mumkin. Note 11S modeli 16MP, oddiy Note 11 esa 13MP selfi kamera bilan jihozlangan. 

Qurilmalarda infraqizil port, NFC, 3.5mm audio jek va stereo dinamik mavjud. 

Note 11 va Note 11S modellari 33 vattda quvvat oluvchi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega. To‘liq quvvatlanish uchun ular 58 daqiqa vaqt sarflaydi. 

Smartfonlar fevral oyidan sotuvga chiqadi. Ularning narxi quyidagicha: 

Redmi Note 11 (4/64GB) - 180 dollar

Redmi Note 11 (6/128GB) - 230 dollar

Redmi Note 11S (6/64GB) - 250 dollar

Redmi Note 11S (8/128GB) - 300 dollar 

28-29 yanvar kunlari AliExpress do‘kornidan Redmi Note 11 modelining 4/64 hamda 4/128GB xotiraga ega bo‘lgan turini 20 dollar, 6/128GB xotiraga ega turini esa 30 dollar arzonroqqa sotib olishingiz mumkin. Redmi Note 11S modelining 6/64GB xotiraga ega bo‘lgan turiga ega 20 dollarlik chegirma beriladi. 

O‘QING: Lenovo Legion Y90 smartfonining to‘liq texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!