Redmi Note 11, Note 11 Pro, Note 11 Pro+ smartfonining texnik jihatlari hamda narxlari ma’lum bo‘ldi

Redmi Note 11, Note 11 Pro, Note 11 Pro+ smartfonining texnik jihatlari hamda narxlari ma’lum bo‘ldi

Redmi Note 11 smartfonlari haqidagi ma’lumotlar asta-sekin oshkor bo‘lmoqda. Hozirda seriyadagi barcha smartfonlarning texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi. Shu bilan bir qatorda, qurilmalarning narxi ham oshkor bo‘ldi. 

O‘QING: Redmi Note 11 smartfonining renderlari e’lon qilindi 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Redmi Note 11 smartfoni Full HD+ 6.5 ​​dyuymli IPS LCD displeyiga ega bo‘lib, 120Hz ekran yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Bundan tashqari, qurilma MediaTek Dimensity 810 chipi, LPDDR4x operativ xotira, UFS 2.2 flesh xotira, 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator, 33 vatt quvvatlash texnologiyasi, 16MP selfi kamera, 50MP asosiy kamera, infraqizil port bilan jihozlangan. 

Redmi Note 11'ning turli xil xotiraga ega turlari bo‘lib, ularning narxi quyidagicha: 4/128 GB - 185 dollar, 6/128 GB - 220 dollar, 8/128 GB - 250 dollar, 8/256 GB - 280 dollar.

Redmi Note 11 Pro esa 120Hz AMOLED displeyi, Dimensity 920 chipi, LPDDR4x operativ xotira, UFS 3.1 flesh xotira, 67 vatt quvvatlash texnologiyasi, 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator, NFC, stereo dinamik, infraqizil portga ega.

Kameralar haqida gapiradigan bo‘lsak, qurilma 108MP asosiy kamera, 8MP ultrakeng kamera, 2MP sath kamera bilan jihozlangan. 

Pro modelning narxi quyidagicha: 6/128GB - 250 dollar, 8/128GB - 280 dollar, 8/256GB - 310 dollar. 

Seriyasidagi eng kuchli smartfon bu - Redmi Note 11 Pro+ bo‘lib, uning texnik jihatlari Note 11 Pro'niki bilan o‘xshash bo‘ladi. Biroq, Pro+ modeliga nisbatan kuchliroq bo‘lgan Dimensity 1200 chipi o‘rnatiladi hamda u 120 vatt tezkor quvvatlanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Redmi Note 11 Pro+ smartfonining ikki xil xotiraga ega bo‘lgan turi bo‘lib, 8/128GB - 345 dollar, 8/256GB versiyasi - 390 dollarni tashkil qiladi. 

O‘QING: Redmi Note 11 hamda Note 11 Pro smartfonlarining texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.