Redmi Note 11 rasman tasdiqlandi: fanatlar undan nima kutishyapti?

  •   DiMaX
  •  1357
  •  30.06.2021 11:26

Redmi Note 11 rasman tasdiqlandi: fanatlar undan nima kutishyapti?

Hindiston bozoriga Redmi brendi taqdim etgan o‘ninchi avlod fabletlari oilasiga uchta model kirgan: standart Redmi Note 10 smartfoni, uning Redmi Note 10 Pro versiyasi hamda yanada ilg‘or Redmi Note 10 Pro Max. Lekin ular jahon bozoriga sal boshqacharoq nomlar bilan chiqqan: global Redmi Note 10 Pro modeli hindcha Redmi Note 10 Pro Max bilan bir xil. Keyinroq esa...

O‘QING: Xitoycha talqindagi Redmi Note 10 Pro chiqdi: global va hindcha versiyalaridan o‘zgacha!

Xiaomi korporatsiyasining ushbu arzonchi brendi allaqachon ularning keyingi avlodi – Redmi Note 11 modellarini tayyorlashga kirishgan. Kuni kecha Xiaomi Group China prezidenti hamda Redmi brendi bosh direktori Lu Veybing (Lu Weibing) buni tasdiqlagan.

Aniqrog‘i, kompaniya yetakchisi Weibo orqali muxlislarga murojaat etib, Redmi Note 11 turkumi smartfonlarida qanday yaxshilashlarni ko‘rishni istashayotganini so‘ragan. Unga javoban fanatlarning aksariyati ushbu qurilmalarda AMOLED matritsali displeylar bo‘lishi kerakligini aytishgan.

Aytish kerakki, global talqindagi Redmi Note 10 turkumi vakillarida AMOLED-ekranlar ishlatilgan. Ammo ularning Xitoy bozoriga mo‘ljallangan modellarida yangilanish chastotasi 120 gerslik IPS-matritsa o‘rnatilgan.

O‘QING: MIUI 13 proshivkasini oluvchi to‘qqizta Xiaomi va Redmi smartfoni: to‘rt yillik flagman ham bor!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!