Redmi Note 11 seriyasida yana bir yangi smartfoni taqdim etiladi

Redmi Note 11 seriyasida yana bir yangi smartfoni taqdim etiladi

Xiaomi kompaniyasi Redmi Note 11 linyasida yana bir yangi modelni taqdim etadi. Ushbu smartfon Redmi Note 11S 5G modeli bo‘lib, bu haqida Xiaomimiui xabar bermoqda.

Smartfonning model raqami K16B bo‘lib, bu K16A model raqamidafi Poco M4 Pro 5G hamda Redmi Note 11 Pro (Xitoy) smartfonlariga o‘xshaydi. Poco M4 Pro 5G modeli Redmi Note 11 Pro (Xitoy) smartfonining qayta brendlangan versiyasi bo‘lib, u o‘tgan yili xalqaro bozor uchun sotuvga chiqqan edi. 

Hozirda 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi glabal versiyadagi Note 11 - bu Note 11 Pro 5G hisoblanib, u Snapdragon 696 5G chipi bilan jihozlangan edi. Yangi Redmi Note 11S 5G modeli esa Dimensity 810 5G chipga ega bo‘lishi taxmin qilinmoqda. 

Smartfon IMEI ma’lumotlar bazasiga kiritilgan. U yaqin orada sotuvga chiqadi. 

O‘QING: Xiaomi 12 Ultra yangi Snapdragon chipi bilan jihozlanadi: bu Snapdragon 8 Gen1 emas