Redmi Note 11 smartfonining renderlari e’lon qilindi

Redmi Note 11 smartfonining renderlari e’lon qilindi

Redmi Note 11 smartfonining tasvirlari hamda smartfonga oldindan buyurtma berish tafsilotlari e’lon qilindi. 

O‘QING: Redmi Note 11 hamda Note 11 Pro smartfonlarining texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi 

Xiaomi Group China kompaniyasining amaldagi prezidenti va Redmi kompaniyasining bosh direktori Lu Vaybingning aytishicha, Note 11 seriyasidagi smartfonlar 6 ta asosiy funksional yangilanish hamda yangi dizaynga ega bo‘ladi. 

U, shuningdek, “Note Reborn“ so‘zlarini ishlatib, Redmi Note 11 smartfonini tasvirlab berdi, bu seriyadagi qurilmalarda katta o‘zgarish bo‘lishidan dalolat beradi. 

Vaybing, shuningdek, yangi Note 11 flagman Redmi K40 seriyasining bir qismi deb hisoblanishi mumkinligini ta’kidladi. 

Smartfonlar 6/128GB, 8/128GB hamda 8/256GB xotiraga ega bo‘ladi. Redmi Note 11 Pro smartfoni Cirli Bleklend, Time Quiet Purple va Misty Forest kabi ranglarda sotuvga chiqadi.

Qurilma 120Hz LCD displeyi, 13 megapikselli selfi kamera, 50MP asosiy kamera, Dimensity 810 chipi, 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator, 33 quvvatlash texnologiyasiga ega bo‘ladi. 

Note 11 Pro+ esa 120Hz OLED displeyi, 16MP selfi kamera, 108MP asosiy kamera, 67 vatt quvvatlash texnologiyasi, 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator, Dimensity 920 chipi bilan jihozlanadi. 

O‘QING: Xiaomi kompaniyasi Redmi K40s smartfonini taqdim etmoqchi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.