Redmi Note 11 xalqaro bozorga boshqa nom ostida sotuvga chiqadi

Redmi Note 11 xalqaro bozorga boshqa nom ostida sotuvga chiqadi

Bugun Xiaomi Xitoyda Redmi Note 11 seriyasidagi smartfonlarni taqdim etadi. U uchta modelni o‘z ichiga oladi: Redmi Note 11, Note 11 Pro va Note 11 Pro+.

Oxirgi mish-mishlarga ko‘ra, Redmi Note 11 smartfoni boshqa mamlakatkar bozori uchun Poco M4 Pro 5G nomi ostida sotuvga chiqariladi. 

Poco M4 Pro 5G'ning rasmiy taqdimoti 9-noyabr sanasida bo‘lib o‘tadi. Savdolar, ehtimol, taqdimotdan so‘ng bir necha kundan keyin boshlanadi. Smartfon MediaTek Dimensity 810 chipi, 5000 mAs sig‘imli akkumulyator hamda 33 vatt quvvatlash texnologiyasi bilan jihozlanadi. Ushbu texnik ko‘rsatkichlar Redmi Note 11 smartfoniga to‘liq mos keladi. 

O‘QING: Hali taqdim etilmagan Redmi Note 11 Pro anboksing jarayonida (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!