Redmi Note 11E 5G va 11E Pro smartfonlari taqdim etildi

Redmi Note 11E 5G va 11E Pro smartfonlari taqdim etildi

Xiaomi subbrendi hisoblanuvchi Redmi Xitoy bozori uchun ikkita yangi smartfonni taqdim etdi. Yangi Redmi Note 11E Pro yaqinda xalqaro bozor uchun taqdim etilgan Redmi Note 11 Pro 5G'ning qayta brendlangan versiyasi hisoblanadi. 

Shuning uchun yangi modelning texnik jihatlari Redmi Note 11 Pro 5G modeliniki bilan bir xil. Ya’ni qurilmaga 120Hz yangilanish chastotasida ishlovchi 1080x1400 piksel rezolyutsiyadagi 6.67 dyuymli Super AMOLED displeyi, Snapdragon 695 chipi, 108MP asosiy kamera, 8MP ultrakeng kamera, 2MP makro kamera, 16MP selfi kamera hamda 67 vattda quvvat oluvchi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan. 

Redmi Note 11E Pro'ning narxi quyidagicha:

6/128GB - 269 dollar

8/128GB - 300 dollar

8/256GB - 332 dollar 

Smartfon 4-mart sanasidan sotuvga chiqadi. 

Redmi Note 11E modelining narxi biroz arzonroq: 

4/128GB - 189 dollar

6/128GB - 205 dollar

Ushbu model Dimensity 700 chipi, 90Hz yangilanish chastotasida ishlovchi 6.58 dyuymli LCD displeyi, 50MP asosiy kamera, 2MP sath kamera, 5MP selfi kamera hamda 5,000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega. 

Qurilma 18-mart sanasidan sotuvga chiqadi. Hozircha ushbu ikki modelning xalqaro bozor uchun ishlab chiqilishi noma’lum. 

O‘QING: MediaTek Dimensity 8000 va 8100 chiplari taqdim etildi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.