Redmi Note 11S'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Redmi Note 11S'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Redmi Note 11S bu Redmi Note 11 modelining kuchliroq versiyasi hisoblanadi. Smartfon Helio G96 chipi bilan jihozlangan bo‘lib, oddiy modeldagi Snapdragon 680 chipiga qaraganda u ko‘proq tezkor xotirani taqdim etadi hamda 108MP kamerani qo‘llab-quvvatlaydi.

Chip jihatidan Note 11S va Note 11 Pro bir-biridan farq qilmaydi, biroq 11S modeli Pro modeldan farqli o‘laroq kichikroq displey va nisbatan sekinroq quvvatlash texnologiyasi bilan jihozlangan. 

Redmi Note 11S qolgan Note 11 smartfonlari kabi to‘rtburchak kamera moduliga ega. Qurilma IP53 standartiga ega bo‘lib, unga 90 gertsda ishlovchi 1080p rezolyutsiyadagi 6.43 dyuymli AMOLED displeyi o‘rnatilgan.  

Smartfon 108MP asosiy kamera, 8MP ultrakeng kamera, 2MP sath kamera va 2MP makro kameraga ega. Selfi kameraning rezolyutsiyasi 16 megapikselni tashkil qiladi. Asosiy, ultrakeng va selfi kameralar 1080p formatda videoga olishi mumkin. 

Qurilma 33 vattda quvvat oluvchi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. Quvvatlash adapterlari smartfon qutisidan o‘rin olgan. 

Xiaomi Redmi Note 11S'ning texnik jihatlari: 

> Korpus: 159.9x73.9x8.1mm, 179g; ; IP53, old panel shisha (Gorilla Glass 3), orqa panel shisha, plastik rom. 

> Displey: 6.43 dyuymli AMOLED, 90 gerts, 1000 nits yorqinlik, 1080x2400 piksel rezolyutsiya, 20:9 forma faktori, 409ppi zichlik. 

> Chipset: Mediatek Helio G96 (12 nm): Sakkiz yadroli (2x2.05 GHz Cortex-A76 & 6x2.0 GHz Cortex-A55); Mali-G57 MC2. 

> Xotira: 6/64GB, 6/128GB, 8/128GB; UFS 2.2; microSDXC.

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 11, MIUI 13. 

> Kamera: Asosiy kamera: 108MP, f/1.9, 26mm, 1/1.52“, 0.7µm, PDAF; Ultrakeng kamera: 8MP, f/2.2, 118˚; Makro kamera: 2 MP, f/2.4; Sath kamera: 2MP, f/2.4. 

> Selfi kamera: 16MP, f/2.5, (keng), 1/3.06“ 1.0µm. 

> Video yozuv: Asosiy kamera: [email protected]/sek; Selfi kamera: 1080p@30 kadr/sek. 

> Akkumulyator: 5,000 mAs; 33 vatt quvvatlash texnologiyasi, 100% - 58 daqiqada (reklamaga ko‘ra), Power Delivery 3.0, Quick Charge 3+. 

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (yon tomonda); infraqizil port; 3.5mm audio jek. 

Umumiy olganda Redmi Note 11S'ni o‘rta toifaning o‘rta smartfonlaridan deyish mumkin. Qurilma AMOLED displey, yuqori rezolyutsiyadagi asosiy kamera, stereo dinamik, katta hajmdagi akkumulyator, tezkor quvvatlash texnologiyasi, suvdan himoya standarti va o‘rta unumdorlikdagi chipga ega. 

GPU bo‘yicha Redmi Note 11S va o‘tgan yilgi Redmi Note 10S bir-biridan farq qilmaydi, ammo negadir Note 10S modeli 4K formatda videoga olishi mumkin bo‘lsa, bunday imkoniyat yangi Redmi Note 11S'da mavjud emas. Qurilma Android 11 operatsion tizimiga asoslangan MIUI 13 grafik qobig‘ida ishlaydi. 

Qadoq tarkibi 

Smartfon qutisidan qurilma bilan birga 33 vattlik quvvatlash adapteri, USB-C kabeli va shaffof silikon g‘ilof o‘rin olgan. 

Foto: GSMArena 

O‘QING: Xiaomi Redmi Note 11'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.