Redmi Note 11T 5G sotuvga chiqdi

Redmi Note 11T 5G sotuvga chiqdi

Xiaomi kompaniyasi noyabr oyining oxirida Redmi Note 11T 5G smartfonini taqdim etgan edi. Bugun ushbu smartfon sotuvga chiqdi. 

Qurilmaning narxlari quyidagicha: 

Redmi Note 11T 5G (4/64GB) - 226 dollar

Redmi Note 11T 5G (6/128GB) - 239 dollar

Redmi Note 11T 5G (8/128GB) - 266 dollar 

Qurilmaga 6.6 dyuymli FullHD+ LCD displeyi o‘rnatilgan. Displey 90Hz ekran yangilanish chastotasi hamda 240Hz sensori namuna olish chastotasini qo‘llab quvvatlaydi. Old panelni Gorilla Glass 3 shishasi himoya qiladi. 

Kameralar haqida ma’lumot beradigan bo‘lsak, Redmi Note 11T 5G'ga 50MP asosiy kamera hamda 8MP ultrakeng kamera o‘rnatilgan. Selfi kameraning rezolyutsiyasi 16 megapikselni tashkil etadi. 

Smartfon 4/6/8GB LPDDR4x operativ xotira hamda 64/128GB  UFS 2.2 doimiy xotiraga ega bo‘lgan Dimensity 810 chipi bilan jihozlangan. Qurilma Android 11 operatsion tizimiga asoslangan MIUI 12.5  grafik qobig‘ida ishlaydi. 

Shuningdek, gadjet 5,000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘lib, uni 33 vattda quvvatlash mumkin. Smartfon 3.5 mm audio jek, stereo dinamik, infraqizil port hamda yon tomonda joylashgan barmoq izi skaneriga ega. 

O‘QING: Redmi K50 seriyasiga oid yangi ma’lumotlar sizdirildi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.