Redmi Note 11T Pro va Note 11T Pro+ smartfonlari taqdim etildi

Redmi Note 11T Pro va Note 11T Pro+ smartfonlari taqdim etildi

Xiaomi kompaniyasi Redmi Note 11 seriyasiga yana uchta yangi smartfonni qo‘shdi. Redmi Note 11T Pro va Note 11T Pro+ ko‘plab texnik ko‘rsatkichlar va dizayn jihatidan bir-biriga juda o‘xshash. Misol uchun, ikkala qurilmaga ham MediaTek Dimensity 8100 chipi, 64MP asosiy kamera va 6.6 dyuymli displey o‘rnatilgan. 

Pro+ versiya 120 vatt quvvatlash texnologiyasi, 4,400 mAs sig‘imli akkumulyator va 512GB doimiy xotiraga ega bo‘lgani bilan oddiy Pro versiyadan farqlanib turadi. Redmi Note 11 SE esa 90 gertsli ekran va Dimensity 700 chipiga ega. 

Redmi Note 11T Pro/Pro+ 

Ikkala qurilmaga ham FHD+ rezolyutsiyadagi (2460x1080px) 6.6 dyuymli IPS LCD displeyi o‘rnatilgan. Ushbu displey 144-30 gerts chastotalar orasida ishlaydi. Bu o‘z navbatida akkumulyator quvvatini tejashga hizmat qiladi. 

Ekran yuqori qismining o‘rtasida 16 megapikselli selfi kamera joylashgan bo‘lsa, orqa panelda 64MP asosiy, 8MP ultrakeng va 2MP makro kameralar joylashgan. 

Smartfonlar MediaTek Dimensity 8100 chipiga ega bo‘lib, u 8GB gacha bo‘lgan LPDDR5 tezkor xotira va 256/512GB UFS 3.1 doimiy xotira bilan integrallasha oladi. Shuningdek, ular Android 12 operatsion tizimiga asoslangan MIUI 13 grafik qobig‘ida ishlaydi. 

Ikki smartfon orasidagi farq ularning quvvatlanish imkoniyati va akkumulyator hajmidadir. Note 11T Pro modeli 5,080 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘lib, u 67 vattda quvvat oladi. Pro+ model esa 4,400 mAs sig‘imli nisbatan kichikroq akkumulyator bilan jihozlangan, biroq u 120 vattda quvvat oladi. 

Xiaomi'ning aytishicha Pro+ versiya to‘liq quvvatlanish uchun 19 daqiqa vaqt sarflaydi. Kompaniya smartfon ichiga Surge P1 chipini o‘rnatgan bo‘lib, u qurilma quvvatlanyotgan vaqt haroratni nazorat qilib boradi. 

Ikkala model yon tomonga o‘rnatilgan barmoq izi skaneri hamda IP53 standartiga ega. Redmi Note 11T Pro va Pro+ smartfonlari Atomic Silver, Time Blue va Midnight Black ranglarida taqdim etildi. Shuningdek, Note 11T Pro+ modelining Astro Boy nashri ham mavjud. 

Qurilmalarning narxi quyidagicha: 

Redmi Note 11T Pro

6/128GB - 270 dollar

8/256GB - 330 dollar 

Redmi Note 11T Pro+

8/128GB - 315 dollar

8/512GB - 375 dollar 

Redmi Note 11T Astro Boy nashri

8/512GB - 375 dollar 

Smartfonlar 31 may kuni Xitoyda sotuvga chiqadi 

Redmi Note 11 SE 

Ushbu model FHD+ rezolyutsiyadagi 90 gerts 6.5 dyuymli LCD displeyi bilan jihozlangan. Orqa panelda 48MP asosiy, 2MP sath kameralar joylashgan. Old paneldan esa 8MP selfi kamera o‘rin olgan. 

Qurilma MediaTek Dimensity 700 chipidan ishlaydi. Ushbu chipseti 4/8GB tezkor va 128GB doimiy xotiraga ega. Smartfon Android 11 operatsion tizimiga asoslangan MIUI 12 grafik qobig‘ida ishlaydi. Shuningdek, unga 18 vattda quvvat oluvchi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan.  

Redmi Note 11 SE modeli Shadow Black va Space Blue ranglarda taqdim etildi uning narxi quyidagicha: 

4/128GB - 165 dollar

8/128GB - 210 dollar 

Ushbu model ham 31 may sanasida sotuvga chiqadi. 

O‘QING: Xiaomi 13 haqidagi ilk ma’lumotlar