Redmi Note 12 smartfonlarining aniq taqdimot sanasi ma'lum bo'ldi

Redmi Note 12 smartfonlarining aniq taqdimot sanasi ma'lum bo'ldi

Bir necha kun avval Xiaomi o'zining Redmi brendi ostida yangi o'rta-byudjet smartfonlar, Note 12 seriyasini chiqarishini rasman tasdiqladi. Kompaniyaning rasmiy Weibo sahifasiga joylangan tizer posterlar bo'lajak smartfonlarning qachon taqdim qilinishi va ayrim xususiyatlarini oshkor qildi.

Ulashilgan rasmiy tizer suratlarning birida Redmi Note smartfonlari uchun noodatiy bo'lgan o'zgarish payqab qolindi: seriyadagi qaysidir model egilgan displeyga ega bo'ladi. Tasvirda faqat birgina model bunday ekranga ega ekanligini ko'rish mumkin va bu katta ehtimol bilan Redmi Note 12 Pro+ ekanligi aytilmoqda. Qolgan Redmi Note 12 va Note 12 Pro modellari esa tekis ekran bilan jihozlanadi. 

Odatda egilgan ekranli smartfonlar uchun AMOLED displeydan foydalaniladi. OLED'dan farqli o'laroq, AMOLED kompaniyalar uchun biroz qimmatga tushadi. Bu esa smartfon narxini oshishiga olib kelishi mumkin.

Mish-mishlarga ko'ra, yangi smartfonlar Dimensity 1080 chipseti bilan chiqariladi, shunday ekan ularning 200MP kameraga ega bo'lish ehtimoli yo'q emas. Qolaversa, Redmi Note 12 seriyasidagi smartfon 210 Vt tezlikda zaryadlanishni qo'llab-quvvatlashi ham avval xabar qilingan edi.

Yangi Redmi Note smartfonlari uchun Xitoyda allaqachon oldindan buyurtma berish boshlab yuborilgan. Garchi texnik xususiyatlari va narxlari ma'lum bo'lmagan bo'lsa ham, Redmi Note 12 seriyasi allaqachon "xit" bo'lishga ulgurdi: hali taqdim qilinmagan smartfonlarni sotib olish uchun bir necha kunda 320 mingdan ortiq buyurtma berilgan. Smartfonlar rasman 27-oktabr kuni taqdim qilinishi kutilmoqda.

O'QING: Galaxy smartfonlari uchun barqaror versiyadagi Android 13'ni tarqatish boshlandi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!