Redmi Note 12 seriyasi ilk bor Xitoydan tashqarida sotuvga chiqdi

Redmi Note 12 seriyasi ilk bor Xitoydan tashqarida sotuvga chiqdi

Redmi Note 12, Note 12 Pro va Note 12 Pro+ modellari o‘tgan haftada Hindiston bozori uchun taqdim etilgan edi. Endi ushbu smartfon ushbu mamlakatda rasman sotuvga chiqdi. 

Redmi Note 12 Pro modelini Flipkart do‘koni, Note 12 va Note 12 Pro+ modellarini esa Amazon.in saytidan sotib olsa bo‘ladi. Shuningdek, uchala model Mi.com saytida ham mavjud. 

Redmi Note 12 modelining narxi 220 dollar, Note 12 Pro modeliniki 306 dollar, Note 12 Pro+ modelining narxi esa 370 dollardan boshlanadi. To‘liq narx ma’lumotlarini quyidagi jadvalda ko‘rishingiz mumkin.

Redmi Note 12 Pro+ modeli Dimensity 1080 chipi, 200MP asosiy kamera hamda 120 vatt tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega. Note 12 Pro ham Dimensity 1080 chipida ishlaydi. Biroq unga 50MP asosiy kamera hamda 67 vatt tezkor quvvatlash texnologiyasi o‘rnatilgan. Redmi Note 12 esa Xitoy versiyada biroz farq qiladi. Unga Snapdragon 4 Gen 1 chipi, 48MP asosiy kamera hamda 33 vatt quvvatlash texnologiyasi o‘rnatilgan.

O‘QING: Barcha iPhone 15 modellari dinamik orolga ega bo‘ladi