Redmi Note 12 seriyasi qachon taqdim qilinishi rasman tasdiqlandi

Redmi Note 12 seriyasi qachon taqdim qilinishi rasman tasdiqlandi

Xiaomi o'zining Redmi brendi ostida yangi smartfonlar, Redmi Note 12 seriyasini taqdim qilishga tayyorlanmoqda. Ma'lum bo'lishicha, ular hozirgi bozordagi smartfonlarda mavjud bo'lmagan ikki yangi texnologiya bilan jihozlanadi.

Redmi'ning Weibo ijtimoiy tarmog'iga joylangan posterga ko'ra, Note 12 smartfonlari rasman oktabr oyida namoyish qilinadi. Afsuski, taqdimotning aniq sanasi ma'lum qilinmagan, ammo joriy oy tugashiga 10 kuncha qolganini hisobga olsak, biz yangi smartfonlar bilan tez kunda tanishishimiz mumkin bo'ladi.

Redmi Note 12 seriyasi o'zlashtiradigan ikki yangi texnologiyaga to'xtaladigan bo'lsak, katta ehtimol bilan ularning biri avval mish-mish qilinganidek, rekord darajadagi, 210 Vt tezlikda quvvatlanishi bo'ladi. Ta'kidlash joizki, hozirda iQOO 10 Pro 200 Vt bilan eng tez quvvatlanadigan smartfon bo'lib turibdi.

MediaTek yaqinda taqdim qilgan Dimensity 1080 chipseti esa Redmi Note 12'larning yana bir yangi texnologiyasi bo'lishi mumkin. Aytish kerakki, ushbu chipset 200MP sensorni ham qo'llab-quvvatlaydi, biroq mish-mishlarga ko'ra, Xiaomi 50MP asosiy kamera bilan cheklanishi mumkin.

Yangi seriya Redmi Note 12, Note 12 Pro va Note 12 Pro Plus modellarini o'z ichiga oladi, so'nggi xabarlarga ko'ra esa ular orasiga to'rtinchi, Redmi Note 12 Pro Extreme/Ultra modeli ham qo'shilishi mumkin.

O'QING: Redmi yana bir yangi byudjet sinfidagi smartfonni taqdim etdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.