Redmi Note 12R Pro rasman taqdim qilindi!

Redmi Note 12R Pro rasman taqdim qilindi!

Xiaomi o'zining Redmi Note 12 seriyasida shu qadar ko'p smartfonlar chiqardiki, sanoqda adashib ketasan kishi – Redmi Note 12R Pro ushbu oilaning eng so'nggi a'zolaridan bo'ldi.

Redmi Note 12R Pro tanasi 165.88×76.21×7.8 o'lchamda va 188 gramm og'irlikda bo'lib, u IP53 sertifikatiga ega. Uning 6.67 dyuymli 120 gerts yangilanish tezligiga ega bo'lgan Full HD+ rezolyutsiyasidagi OLED displeyi 1200 nit maksimal yorqinllikka erisha oladi. Ekran yuqori markazidagi yumaloq tirqishda 16 megapikselli selfi kamera joylashgan. Orqa tomonda esa smartfon ikkita: asosiysi 48 MP, qo'shimchasi esa 2 MP makro bo'lgan kamera sensorlari bilan jihozlangan.

Qurilma kapoti ostida Snapdragon 4 Gen 1 chipseti 12 GB RAM va 256 GB xotira bilan joylashgan. Uning 5000 mA/soat batareyasini 33 Vt tezlikda quvvatlash mumkin. Albatta, smartfon Android 13 ga asoslangan MIUI 14 operatsion tizimida ishlaydi.

Aloqa va ulanish borasida smartfonda ikkilik SIM-karta 5G, Wi-Fi 5 va Bluetooth 5.1 qo'llab-quvvatlanadi. Qo'shimchasiga smartfon yon tomonidagi Quvvat tugmasiga barmoq izi skaneri integratsiyalashtirilgan va shu bilan birga, kontaktsiz to'lovlar uchun NFC, televizor, konditsioner kabi qurilmalar uchun pult vazifasini bajara oladigan infraqizil nur uzatuvchisi va 3.5 millimetrli simli naushnik uyasi ham bor.

Redmi Note 12R Pro smartfoni faqat 12/256 GB xotira konfiguratsiyasida oltin rang, oq va qora ranglarda taklif qilinadi va uning narxi 1999 yuan (≈289 dollar).

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.