Redmi Note 7 MIUI 11'ga rejadagidan oldinroq o‘tadigan bo‘ldi

Redmi Note 7 MIUI 11'ga rejadagidan oldinroq o‘tadigan bo‘ldi

Xiaomi yozda bir necha smartfon Android Q va MIUI 11'ga birinchi bosqichda o‘tishini ma’lum qilgan edi. Yangi operatsion tizim va interfeysda ishlashi va’da qilingan qurilmalardan biri Redmi Note 7 smartfoni edi. MIUI forumlaridagi manbalarning xabar qilishicha esa, Xiaomi bu yangilanish ustidagi ishlarni allaqachon boshlab yuborgan.

Ayni damda Xitoyda Redmi Note 7 uchun Android 10 asosidagi MIUI 11'ning yopiq beta sinovlari amalga oshirilmoqda. Tizimdagi asosiy kamchiliklar tuzatilib, interfeysning beta talqini foydalanuvchilarga taqdim qilingunga qadar uch haftagacha vaqt ketadi. Mana shu muddatdan boshlab esa sakkiz haftagacha oraliqda barqaror proshivka joriy qilinib, butun dunyodagi mijozlarga jo‘natiladi.

Aslida, Xiaomi'dagilar Redmi Note 7 va Note 7 Pro uchun barqaror proshivkani 2020-yilning birinchi choragida jo‘natishni rejalashtirgan edi. Biroq hozirgi holatda apdeytning ertaroq kelishi kutilmoqda. Yangi chorak o‘n uch kunda boshlanadi, ammo smartfonsozning rejadan oldin harakat qilishi foydalanuvchilar uchun har doim yaxshi yangilik bo‘ladi.

Qizig‘i, Redmi Note 7/7 Pro'lar Android 10/MIUI 11'ga Redmi Note 8/8 Pro'lardan oldin o‘tishi mumkin. Lekin bu borada kompaniyadagilar hali rasmiy ma’lumot berganicha yo‘q.

O‘QING: Eng ommabop Redmi smartfoni «g‘ishtga aylanib» qolyapti, Xiaomi esa jim!